Eng oddiy ta'rif bilan aytganda, korrupsiya ishonib topshirilgan hokimiyatni suiiste'mol qilishdir; u barqaror, xavfsiz va ishlayotgan jamiyatlarga putur yetkazadi. Ushbu zararni kamaytirish uchun 2003-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Korrupsiyaga qarshi konvensiyani qabul qildi; korrupsiyaga qarshi xalqaro shartnoma 187 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 10-konferensiyasiga qilgan videomurojaatida korrupsiya “milliy xavfsizligimiz va fuqarolarimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan samarali boshqaruv, hisobdorlik va oshkoralik uchun kharakatlarga tahdid soladi” dedi.
“Korrupsiya tengsizlik va siyosiy qutblanishni kuchaytiradi. Korrupsiya pandemiyadan tortib, tabiiy ofatlargacha bo’lgan inqirozlarga biz beradigan javoblarni buzadi. O'g'irlangan har bir dollar maktablarimizga yoki kasalxonalarimizga, bizneslar yoki davlat pensiyalariga biz sarmoya qila olmayotgan dollardir”, - deya qo’shimcha qildi u.
“Korrupsiya fuqarolarning hukumatga va ularning bir-biriga bo'lgan ishonchini yo'qotadi, siyosatimizni qutblashtiradi, jamiyatlarimizni bo'lib tashlaydi, jinoyat va nizolarni kuchaytiradi. Korrupsiya bizning xavfsizligimiz, iqtisodiyotimiz va siyosiy tizimimizga zarar yetkazmoqchi bo'lgan davlatlar va ishtirokchilar tomonidan qurol sifatida ishlatilishi mumkin”, - edi Blinken.
"Biz bilamizki, korrupsiya eng zaif qatlamlar uchun eng dahshatli oqibatlarga olib keladi: bizning yordamimiz va qo'llab-quvvatlashimizga eng muhtoj bo'lgan, lekin qanchalik og'ir mehnat qilishmasin, tizim ularga qarshi ishlashini his qiladigan odamlar, - dedi AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild. - Bu AQSh korrupsiyaga qarshi kurashni tashqi siyosatimizning markaziy qismiga aylantirganining ko'p sabablaridan biri".
Ushbu siyosat to'rtta ustunga asoslanadi. Birinchidan, "Prezident Bayden Prezident deklaratsiyasini chiqardi. Bu Davlat kotibi Blinkenning korrupsiyaga yo'l qo'yadiganlarning AQShga kirishini cheklash vakolatini kengaytiradi", - dedi elchi Tomas-Grinfild.
“Ikkinchidan, AQSh korrupsiyaga qarshi kurashish uchun 252 million dollar xorijiy yordam beradi. Uchinchidan, AQSh, ayniqsa, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan tarmoqlarda moliyaviy shaffoflik va yaxlitlikni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, - deya qo’shimcha qildi u.
"Nihoyat, bizning ma'muriyatimiz huquqni muhofaza qilish va korrupsiyaga qarshi ishlarni ko'rib chiqish uchun viza organlarini kuchaytiradigan qonunchilik takliflari to'plamini ishlab chiqmoqda", - dedi elchi Tomas-Grinfild.
“Korrupsiya saraton kasalligi bo'lsa-da, u davolash mumkin bo'lgan saraton. Korrupsiyaga qarshi konvensiya bizga ushbu milliy va transmilliy tahdidni yengishimiz kerak bo'lgan asosni berdi Kelgusi 20 yilni yanada adolatli, mas'uliyatli va shaffofroq qilish bizning zimmamizda. Shunday qilib, biz barcha odamlarning farovonligi, qadr-qimmati, inson huquqlarini oshirishimiz mumkin. Va biz butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlay olamiz".