AQSh dunyo bo'ylab mojaro hududlarini minalardan tozalamoqda

4-aprel kuni AQSh Davlat departamentining Siyosiy-harbiy ishlar byurosi Qurollarni yo’q qilish va kamaytirish boshqarmasi "Yer yuzida xavfsiz yurish" nomli 22-hisobotini e'lon qildi. Unda an’anaviy qurollarni yo’q qilish bo’yicha Qo'shma Shtatlar erishgan muvaffaqiyatlar qayd etilgan.

Bu juda muhim ish, chunki mojaro tugaganidan keyin ham o'nlab yillar o'tib, urushning portlovchi qoldiqlari kundalik hayotda odamlar uchun halokatli xavf tug'dirishda davom etadi. Shu bilan birga, o'qotar qurollar, yengil qurollar va o'q-dorilar osonlikcha boshqa guruhlar qo'liga tushib qolishi, natijada butun mintaqani beqarorlashtirishi mumkin.

Masalan, “Biz noto’g’ri saqlangan oʻq-dorilar omborlarda rejasiz portlab ketishining oldini olyapmiz”, dedi AQSh Davlat departamentining Siyosiy-harbiy ishlar byurosida Dasturlar va operatsiyalar boʻyicha Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Karen Chendler.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh, Britaniya va Avstraliya o'rtasidagi harbiy hamkorlikdan maqsad nima?

“Minalar va portlovchi o'qlarni olib tashlash birlamchi masala hisoblanadi, chunki biz begunoh insonlar hayotini saqlab qolamiz. 1990-yillarda dasturni boshlaganimizda qurbonlar yiliga 20 000 ga yaqin edi. Bu raqam yiliga taxminan 5000 qurbonga kamaydi. Nihoyat, mojaro endigina tugagan hududlarda bu odamlarga oʻz uylariga xavfsiz qaytish imkonini beradi”, - dedi Davlat departamenti rasmiysi.

O‘tgan yili, deydi Chendler xonim, “biz 243 million kvadrat metrdan ortiq yerni tozaladik”. Bu yil eng katta dastur Ukrainadada olib borilmoqda, deya qo’shimcha qildi u.

“Biz bu yil Ukrainani tozalash operatsiyalarini taxminan 90 million dollarga moliyalashtira oldik. Laosda yiliga 45 million dollarlik dasturimiz ham bor. Iroqda esa 40 million dollar sarflaymiz. Va keyingi eng kattasi - Kolumbiyada sarflangan 24 million dollar. Vyetnamda ham yiliga taxminan 20 million dollar sarflaymiz”, - dedi Chendler.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh: Ixtiloflardan bolalar jabr ko'rmoqda

"Biz haqiqatan ham o'z ishimizni butun dunyo bo'ylab yoymoqdamiz va eng ko'p zarar ko'rgan hududlarga e’tibor qaratyapmiz, - dedi Chendler xonim. - Bu dastur bolalar va begunoh odamlar oʻlimining oldini olish, shu bilan birga, biz tozalash operatsiyalarini amalga oshirgan hududlarda farovonlik va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish nuqtai nazaridan sezilarli foyda keltirishiga ishonamiz. Biz fermerlarning yerlarini tozalagach, ular dehqonchilik qilish uchun qaytib kelayotganlarini ko’ryapmiz”.

"Bu haqiqatan ham tinch aholini xavflardan himoya qiladi", - deydi AQSh Davlat departamenti rasmiysi.