Accessibility links

Breaking News

Vashingtonning Eron bo'yicha bugungi pozitsiyasi qanday?


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQSh COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda Eronga gumanitar yordamini taklif etdi. Tehron ko’makni rad etdi. Mamlakat rahbarlari o’z xalqining farovonligini unutgan holda agressiv siyosatini davom ettirmoqda. Vashington Tehronning xavfli pozitsiyasini to’xtatish uchun bosim o’tkazishda davom etadi.

Yadroviy dasturini mustahkamlashda va yadroviy bitimlarga amal qilmaslikda davom etar ekan, AQSh Tijorat vazirligi Eronning besh nafar olimini qora ro’yxatga kiritdi.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning bildirishicha, eronlik olimlar Tehronning 2004-yilga qadar “Amad” nomi bilan yuritilgan yadroviy dasturi ishtirokchilaridan bo’lgan. Ular hanuz davlat idoralarida faoliyat yuritadi.

“Amad” dasturi faoliyati to’xtatilganidan keyin ham Tehron barcha ma’lumotlarni saqlab qoldi. Dasturning barcha ilmiy xodimlaridan foydalanishda davom etdi. Qora ro’yxatga kiritilgan besh olim ham shular jumlasidan. Eronning yadroviy dasturga oid o’tmishi sirligicha qolmoqda. Tijorat vazirligining ro’yxatni yangilash qarori Eronning yadroviy dastur bo’yicha faoliyati yuzasidan javobgar ekani va xalqaro hamjamiyatga hisobot berishi lozimligini yana bir bor eslatib qo’ydi”, - dedi Pompeo.

AQSh Moliya vazirligi 19-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Eronning neft va neft mahsulotlari savdosiga ko’maklashadigan besh kompaniyaga qarshi chora ko’rdi.

“Eron hukumati neft va neft mahsulotlari savdosidan tushgan mablag’ni Islom inqilobi gvardiyasi kabi terrorchi guruhlarni moliyalashga sarflaydi. Bu pullar Eron xalqining farovonligi va salomatligi uchun yo’naltirilishi mumkin edi. Tramp ma’muriyati Eron rejimini qo’llab-quvvatlayotgan tomonlarga bosim o’tkazishni to’xtatmaydi. Vashington Eron xalqiga gumanitar yordam berish va uning taraqqiyotiga dastak bo’lish pozitsiyasida qat’iy”, - deya bayonot berdi AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin.

“Biz har qanday qonuniy faoliyatni qo’llab-quvvatlash uchun ochiqmiz. AQShning terrorchilarni moliyalashga qarshi kampaniyasi ishlab turgan bo’lsa-da, gumanitar kanallarimiz Eron xalqi uchun ochiq. Biz ko’mak berishga hamisha tayyormiz. Buni turli jabhalarda amalga oshirishimiz mumkin va shu pozitsiyamizni davom ettiramiz”, - dedi Davlat kotibi Pompeo.

XS
SM
MD
LG