Accessibility links

Breaking News

AQSh Markaziy Osiyoda matbuot erkinligini qanday quvvatlaydi?


“AQSh erkin matbuotni demokratik boshqaruvning muhim elementi sifatida qadrlaydi",- deydi Davlat kotibi Mayk Pompeo
“AQSh erkin matbuotni demokratik boshqaruvning muhim elementi sifatida qadrlaydi",- deydi Davlat kotibi Mayk Pompeo

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

3-mayda Jahon matbuot erkinligi kuni nishonlandi. Mazkur sana dunyo bo’ylab so’z erkinligini ta’minlash borasida jiddiy muammolar mavjudligini eslatib turadi.

Hukumatlar qancha avtoritar xarakterga ega bo’lsa, erkin axborotni shuncha kuchli bo’g’ishga urinadi. Chunki erkin matbuot korrupsiyani fosh etishi, fuqarolarni o’z haq-huquqlaridan boxabar qilishi, fikrlar almashinuviga zamin yaratib, jamoatchilikni dolzarb masalalar muhokamasiga chorlashi mumkin.

Erkin OAV odamlarning voqelikka erkin munosabatini kuchaytiradi. Zarur axborotni izlash, qabul qilish va tarqatish huquqini mustahkamlaydi. Shaxslarning real axborot asosida qaror qilishiga sabab bo’ladi.

Jonli efir/O'zbekiston: Jurnalistlar erkinligi
please wait

No media source currently available

0:00 0:19:39 0:00

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining hisobotida keltirilishicha:

“Jurnalistlar xavfsiz faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan erkin mamlakatlar soni qisqarib bormoqda. Avtoritar mamlakatlar esa OAV ustidan nazoratni yanada kuchaytirmoqda”.

Ana shunday holat Rossiya va Xitoy ta’siri tobora kuchayib borayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham kuzatilmoqda.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) 20 yildan ziyod vaqt mobaynida bu mintaqada erkin matbuotni shakllantirish bo’yicha muhim missiyani bajarmoqda.

AQSh “Internews” tashkiloti tomonidan yuritilayotgan Markaziy Osiyo Media dasturini moliyalaydi. Besh yilga mo’ljallangan dastur uchun jami 15 million dollar ajratilgan.

Asosiy maqsad Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekistonda oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi va axborot erkinligini ta’minlash. Fuqarolar faolligini oshirish.

Ana shu maqsad yo’lida dastur medianing xolis va ishonchli axborot tayyorlash qobiliyatini shakllantirish, fuqarolarning real axborot bo’yicha bilim va ko’nikmalarini orttirishga ko’maklashmoqda. Odamlarning axborot iste’molchisi va yaratuvchisi sifatidagi rolini oshirishga hissa qo’shmoqda.

Dastur, shuningdek, jurnalistlarning professional malakasini oshirish bo’yicha treninglar o’tkazadi. USAID tomonidan media savodxonligi bo’yicha boshlang’ich va o’rta maktablar uchun tayyorlangan qo’llanmalarni targ’ib qiladi. Mustaqil jurnalistlar va nashrlarni yuridik jihatdan qo’llab-quvvatlaydi.

“AQSh erkin matbuotni demokratik boshqaruvning muhim elementi sifatida qadrlaydi. OAV erkinligi fuqarolarning ogohligi, faolligini oshiradi va siyosiy qaror berishdagi rolini mustahkamlaydi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi”, - deydi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Maqola AQSh siyosatini aks ettiradi.

XS
SM
MD
LG