Accessibility links

Breaking News

AQSh-Vyetnam munosabatlarining kechasi va buguni


AQSh harbiylari Vyetnam urushida. 1968-yil.
AQSh harbiylari Vyetnam urushida. 1968-yil.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Joriy oyda AQSh va Vyetnam o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganiga 25 yil to’ldi.

“Munosabatlarimizning tiklanishi davlatlarimiz o’rtasidagi urushdan meros qolgan qora davr ortidan qo’yilgan tarixiy qadam bo’ldi”, - deydi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.

1980-yillarda AQSh va Vyetnam sovuq munosabatlarga barham berish yo’lida irodali harakat qildi. Vyetnam Amerika harbiylarining jasadini vataniga qaytarishga xayrixohlik qildi. O’zaro aloqalar mustahkamlanib, 1995-yilda munosabatlar rasman tiklandi.

“Ana shu muhim sanadan boshlab teng manfaatlar, o’zaro ehtirom, o’tmish muammolaridan ustun kelgan holda kelajak sari birgalikda harakat qilishga doir kelishuv asosida do’stlik rishtalari o’rnatildi”, - deydi Pompeo.

AQSh harbiysi Vyetnam urushida. 1967-yil.
AQSh harbiysi Vyetnam urushida. 1967-yil.

AQSh Vyetnam iqtisodining jadal sur’atlar bilan o’sishiga muhim hissa qo’shib kelmoqda. So’nggi ikki o’n yillikda o’zaro savdo hajmi 7000 foizga oshgan. AQSh kompaniyalari Vyetnamga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda. Vyetnam Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylangan. Millionlab aholi qashshoqlik muammosidan xalos bo’lgan.

Ikki davlat xalqlar o’rtasidagi munosabatlarni ham kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. Xususan, ta’lim sohasida ham. Ayni damda qariyb 30 ming nafar Vyetnam fuqarolari AQSh universitetlarda tahsil olmoqda.

AQSh va Vyetnam kuchlari o’tmishda jang maydonida to’qnash kelgan. Biroq bugun “bizning xavfsizlik bo’yicha aloqalarimiz o’zaro hamkorlikka aylangan”, - deydi AQSh davlat kotibi.

Qo’shma shtatlarning Teodor Ruzvelt nomidagi harbiy kemasi yaqinda Vyetnamning Danang shahriga bordi. U urushdan keyingi davrda AQShning Vyetnam sohillariga borgan ikkinchi harbiy kema sifatida qayd etildi. To’rt yil avval AQSh tomonidan qurol-yaroq embargosining tugatilishi bilan ikki mamlakat xavfsizlik yo’nalishi bo’yicha hamkorlik ko’lamini kengaytirishga kirishgan.

AQShning Teodor Ruzvelt nomidagi harbiy kemasi Vyetnamning Danang portiga yaqinlashmoqda. 5-mart, 2020.
AQShning Teodor Ruzvelt nomidagi harbiy kemasi Vyetnamning Danang portiga yaqinlashmoqda. 5-mart, 2020.

Pompeoga ko’ra, davlatlararo munosabatlarda hanuz muammolar bor. Biroq odil muzokaralar asl hamkorlar salohiyatini ko’rsatadi.

“Kelgusi yillarda AQSh va Vyetnam kiber xavfsizlikdan tortib ta’lim sohasigacha, energetika yo’nalishidan mudofaagacha bo’lgan keng hamkorlik asosida kelajak sari intilishi kerak”, - deya ta’kidladi AQSh bosh diplomati.

2020-yilda hamkorlikning 25 yilligi nishonlanar ekan, “Vyetnam qudrati, mustaqilligi va barqarorligini qo’llab-quvvatlash ahdida qat’iy ekanimizni yana bir bor ta’kidlamoqchiman”, - dedi Pompeo.

XS
SM
MD
LG