Accessibility links

Breaking News

Vashington Myanmani zulmni bas qilishga chaqirmoqda


Rakxayn shtatida o't qo'yilgan xonadonlar. Myanma, 16-may, 2020.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

So’nggi haftalarda Myanma armiyasi va qurollangan etnik guruh o’rtasida keskin tus olgan to’qnashuvlar minglab tinch aholi xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Myanma harbiylari markaziy hukumatga qarshi jiddiy e’tirozda bo’lgan arakan etnik guruhi kuchlariga qarshi Rakxayn va Chin shtatlarida operatsiyalarni kuchaytirgan. Bu hududlarda zo’ravonlik 2019-yilning yanvar oylaridan boshlangan edi.

AQSh, Avstraliya, Britaniya va Kanadaning Myanmadagi elchixonalari qo’shma bayonot bilan chiqib, COVID-19 pandemiyasi va shiddatli musson shamollari davrida hukumatdan gumanitar tashkilotlarning tegishli hududlarga kiritilishini talab qildi.

Bayonotda Myanma hukumati fuqarolar hayoti, mulki va xo’jaliklarini himoya qilishga chaqirilgan.

Rakxayn shtatida nizolar natijasi. Myanma, 16-may, 2020.
Rakxayn shtatida nizolar natijasi. Myanma, 16-may, 2020.

“Kyauktan qishlog’i bo’ylab mahalliy aholining siqib chiqarilishi Rakxayn shtatini tark etishga majbur bo’lgan qochqinlar sonini oshiradi. Xonadonlarga o’t qo’yilgani, qishloq aholisi o’qqa tutilgani va hibsga olinganidan xabardormiz”, - deyiladi bayonotda.

Myanmada ozchilik qatlami sanalgan rohinja musulmonlari Rakxayn shtatida va Bangladeshning Koks-Bazar hududida joylashgan qochqinlar lagerlarida og’ir sharoitlarda kun kechirmoqda. Ularning muayyan qismi yaqin mamlakatlardan, xususan, Indoneziyadan boshpana ilinjida Myanmani tark etgan. AQSh hukumati 24-iyun kuni o’z sohilida 99 nafar rohinja musulmonlarini qabul qilgani uchun Indoneziya hukumati va Achex mahalliy hokimiyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Bangladeshga qochgan rohinja musulmonlari. Koks-Bazar, Bangladesh, 2016.
Bangladeshga qochgan rohinja musulmonlari. Koks-Bazar, Bangladesh, 2016.

“Ana shu jabrdiyda xalqdan gumanitar yordamini ayamagan va ASEAN mamlakatlariga o’rnak bo’layotgan Indoneziya hukumatini olqishlaymiz. Bu ezgu amal nafaqat mintaqaga, balki jahon hamjamiyatiga namuna bo’ladi”, - dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibasi Morgan Ortagus.

AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Morgan Ortagus "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. Vashington shahri, 2019.
AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Morgan Ortagus "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. Vashington shahri, 2019.

Rakxayn va Chin shtatlarida tinch aholi qurolli to’qnashuvlar tahdididan xavotirda yashamoqda. Davlat departamenti so’zlovchisi Ortagus o’t ochishni to’xtatish, qarama-qarshi tomonlar o’rtasida tinch muzokaralarni boshlash, mahalliy aholini himoya qilish va gumanitar tashkilotlar faoliyati uchun zamin yaratishga chaqirdi. Shuningdek, Myanma hukumati Xalqaro sud talablariga ko’ra, rohinja musulmonlari va boshqa etnik guruhlarni himoya qilish majburiyatiga ega ekaniga urg’u berdi.

XS
SM
MD
LG