Accessibility links

Breaking News

AQSh o'z xavfsizligi yo'lida xitoylik talabalar vizasini bekor qildi


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Vashington joriy yilning avgust oyida AQSh akademik institutlarini Xitoy Kommunstik partiyasi tahdidan himoyalashga qaratilgan choralarni qo’lladi. Konfutsiy institutining AQShdagi markazi Xitoy Xalq Respublikasining propaganda mashinasi sifatida faoliyat yuritayotgan xorijiy missiya deb e’lon qilindi.

“Konfutsiy instituti Pekinning global propagandasi va AQSh yoshlariga mafkuraviy ta’sir ko’rsatish bilan shug’ullanadigan tashkilot”, - deya bayonot berdi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.

AQShning Pekindagi elchixonasida navbatda turgan xitoylik talabalar. Arxiv.
AQShning Pekindagi elchixonasida navbatda turgan xitoylik talabalar. Arxiv.

Sentabr oyida AQSh hukumati Xitoyning qonunlarga zid xatti-harakatlariga qarshi yana bir muhim qadam tashladi.

Ichki xavfsizlik vaziri vazifasini bajaruvchi Chad Volf Xitoy Kommunistik partiyasini intellektual mulklarni o’g’irlaganlik, turli sanoat jabhalarida josuslik bilan shug’ullanganlik hamda AQSh fuqarolariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni o’zlashtirganlikda aybladi. Volf, shuningdek, milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ko’rilgan xitoylik talabalarning vizalari bekor qilinganini ma’lum qildi:

“Maxfiy ma’lumotlarni o’zlashtirish ehtimolini inobatga olib,

Xitoyning harbiy organlariga aloqador bo’lgan ayrim talabalar va tadqiqotchilarning vizalari bekor qilindi”.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri vazifasini bajaruvchi Chad Volf
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri vazifasini bajaruvchi Chad Volf

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, viza cheklovlariga oid choralar Prezident Donald Trampning Xitoy tahdidlariga qarshi 29-may sanasida e’lon qilingan farmoniga asoslangan. Prezident Pekinni xitoylik ayrim talabalardan josus sifatida foydalanayotganlikda ayblagan.

“Prezidentning 10043-sonli farmoniga muvofiq, joriy yilning 8-sentabriga qadar mingdan ziyod Xitoy fuqarolarining vizalari bekor qilindi”, - dedi departament so’zlovchisi Morgan Ortegus.

Ayni damda AQShda 360 mingdan ziyod Xitoy fuqarosi tahsil oladi. Vizalari bekor qilingan mingdan ziyod shaxs Amerikadagi jami xitoylik talaba va tadqiqotchilarning kichik foizini tashkil etadi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Morgan Ortegus
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Morgan Ortegus

“AQSh Kommunistik partiyaning dunyoda harbiy yetakchilik qilish ambitsiyasiga xizmat qilishdan yiroq bo’lgan, qonunlarga rioya qiladigan Xitoy yoshlari uchun eshiklarini yopmaydi”, - dedi Ortegus.

Chad Volfning ta’kidlashicha, Xitoy Kommunistik partiyasi demokratik qadriyatlarni oyoqosti qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Dunyoni o’zining avtoritar tuzumiga bo’ysundirishga urinmoqda.

“Xitoyning g’arazli maqsadlari yo’lidagi intilishlari tinmayapti. Biroq bu ularni bartaraf etishning aslo imkoni yo’q degan ma’noni anglatmaydi”, - dedi rasmiy.

XS
SM
MD
LG