Accessibility links

Breaking News

AQSh rasmiysi inson huquqlarining ahamiyatini qanday izohlaydi?


AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi tarixi. "Newseum" ko'rgazmasi.
AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi tarixi. "Newseum" ko'rgazmasi.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQShning o’z zaminida daxlsiz inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha izchil va qat’iy siyosati milliy ozodligi uchun kurashayotgan dunyo xalqlari uchun mayoq vazifasini o’tab kelmoqda.

Daxlsiz huquqlar bo’yicha komissiyaning yaqinda chop etilgan hisobotida Amerika liderlarining inson huquqlari tamoyillarini tashqi siyosatning asosi etib belgilaganiga muhim urg’u berilgan.

“AQSh liderlari Mustaqillik deklaratsiyasi, xalqning xohish-irodasiga ko’ra saylanadigan legitim hokimiyat va davlat boshqaruviga asoslangan tuzum haqida baralla gapirishi kerak. Hokimiyatning eng muhim vazifasi barcha insonlarga xos daxlsiz huquqlarni ta’minlashdan iborat ekani haqida bong urishi lozim. Ana shunday undovlar AQSh tashqi siyosatining muhim qismi bo’lishi kerak”, - dedi AQSh Davlat departamenti rasmiysi Piter Berkovits.

Komissiya hisobotida inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro maydonda samaraliroq targ’ibot olib borishi uchun AQSh avvalo bunga o’z hududida amal qilishi kerakligi ta’kidlangan, deydi Berkovits.

Rasmiyning ta’kidlashicha, inson huquqlari tushunchasi avvalo jamiyat ichida shakllansa, siyosiy madaniyat mustahkam bo’ladi:

“Inson huquqlari himoyasi va uning targ’iboti o’z-o’zidan bo’ladigan ish emas. Daxlsiz huquqlarga nisbatan ehtirom oilada, jamiyatda, ta’lim tizimida va ommaviy siyosiy madaniyat zamirida ildiz otishi va shakllanishi kerak”.

Rasmiyga ko’ra, xorijda inson huquqlari targ’iboti natija berishi uchun AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining o’zi kamlik qiladi. Turli siyosiy tuzum standartlariga muvofiq kelishi uchun Inson huquqlari deklaratsiyasiga tayanish lozim.

XS
SM
MD
LG