Accessibility links

Breaking News

AQSh JSST tarkibidan chiqib qanday yo'l tutadi?


USAID tashkilotining gumanitar yordam yuki. Arxiv.
USAID tashkilotining gumanitar yordam yuki. Arxiv.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQSh uzoq yillardan buyon tibbiy va gumanitar yordam berish bo’yicha dunyoda yetakchilik qilib keladi. Bu ezgu missiya Amerika soliq to’lovchilarining dastagi bilan amalga oshiriladi. Fuqarolar daromadidan to’lagan soliqlarining ezgu amallarga sarflanishi va ehtiyojmand qatlam muammolarini hal etishga xizmat qilishini istaydi.

“Afsuski, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) kutilganiday samarali ishlay olmadi. Nafaqat COVID-19 pandemiyasi bo’yicha, balki so’nggi o’n yillikda yuzaga kelgan ko’plab og’ir vaziyatlarda ham. Bundan tashqari, tashkilot faoliyatini isloh qilishga doir talab va takliflarni inkor etib keldi. Xususan, Xitoy Kommunistik partiyasi ta’siridan mustaqil holda faoliyat yuritishga doir talablarni inobatga olmadi”, - deyiladi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Morgan Ortegusning rasmiy bayonotida.

Natijada, AQSh 2021-yilning 6-iyulidan JSST tarkibidan rasman chiqishini ma’lum qildi.

AQSh boshqa mamlakatlarga sog’liqni saqlash yo’nalishida yordam qo’lini cho’zish ahdida avvalgiday qat’iy. JSST tarkibidan chiqish arafasida Vashington davlat idoralari va xususiy sektor tajribasiga tayanib, turli kasalliklar va epidemiyaga qarshi qisqa fursatda samarali kurashish va zarur ko’makni yetkazib berish masalalarini muhokama qilmoqda.

2001-yildan buyon AQSh OITS, bezgak, tuberkulyoz, Ebola virusi va boshqa kasalliklar profilaktikasi, diagnostika va muolajasi uchun dunyo mamlakatlariga jami 142 milliard dollarga teng yordam ko’rsatgan.

“AQSh global masshtabda sog’liqni saqlash maqsadida yiliga o’rtacha 10 milliard dollar ajratadi. Joriy yilda bu ko’rsatkich ikki barobar ko’p bo’ladi. Chunki jahonda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash avjida”, - deydi USAID tashkiloti administratori yordamchisi doktor Alma Golden.

Vashington AQShning JSST tarkibidan chiqishi ortidan muhtoj mintaqalarning zarur yordamdan uzilib qolmasligi uchun kurashadi.

“AQSh o’z fuqarolarining xohish-irodasiga tayangan holda sog’liqni saqlash va gumanitar yordam ko’rsatish borasida dunyoda yetakchilik qilmoqda. Aminmanki, davlatimiz ko’rsatajak har qanday yordam dunyo bo’ylab zarur nuqtalarga to’g’ridan-to’g’ri yetib boradi”, - dedi doktor Golden.

XS
SM
MD
LG