Accessibility links

Breaking News

Liberal demokratiya nima uchun muhim?


Eronda 2015-yilda hibsga olingan jurnalist Nargis Muhammadiy. Arxiv.
Eronda 2015-yilda hibsga olingan jurnalist Nargis Muhammadiy. Arxiv.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

E’tiqod erkinligi AQSh Konstitiutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishda aks etgan fundamental huquq sanaladi. “Kongress dinni nazorat qiluvchi yoki diniy amallarni taqiqlovchi qonunlarni qabul qilmaydi” deyiladi unda.

“Diniy e’tiqod va AQSh azaldan himoya qilib keladigan boshqa fundamental huquqlarni himoya qiladigan mamlakatlarni mustahkam rishtalar bog’lab turadi. Tabiiyki, insoniyat uzoq yillar kurashgan fikrlar xilma-xilligini ta’minlash g’oyasi ozodlikni himoyalashga asos bo’ladi. Iloh haqidagi tushunchalar xilma-xilligi ham shular jumlasidan”, - deydi AQSh Davlat departamenti rasmiysi Piter Berkovits.

Xitoy, Eron va Rossiya kabi avtoritar mamlakatlar “o’z hududida inson huquqlarini ta’minlay olmagan AQSh xorijda ana shu huquqlarni targ’ib qilishga haqli emas” degan iddaolarga ega.

Berkovitsga ko’ra, bu haqiqatning tom aksi:

“Inson huquqlari asosiga qurilgan AQSh kabi liberal demokratik davlatlar va Xitoy, Eron, Rossiya singari ana shu huquqlarni toptayotgan mamlakatlar o’rtasida fundamental farq bor. Garchi ana shu mamlakatlarda progressiv qarashlarga ega faollar ham borligini inkor eta olmaymiz. Biroq siyosiy jamiyat erki o’z qo’lida emas”.

Berkovitsning ta’kidlashicha, barcha davlat boshqaruvlariga baho berishda AQShning Mustaqillik deklaratsiyasi va BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asos bo’lib xizmat qiladi. Barcha hukumatlar ana shu mezonlarga intilishi lozim.

“Liberal demokratiya inson huquqlarini himoyalashga xizmat qiladigan eng ma’qul davlat boshqaruvi. Umid qilamanki, odamlar bunga munosib baho beradi”, - dedi rasmiy.

XS
SM
MD
LG