Accessibility links

Breaking News

AQSh Afg'onistonga 300 million dollarlik yordam ko'rsatadi


Kobullik bolakay, 23-noyabr, 2020.
Kobullik bolakay, 23-noyabr, 2020.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Joriy yilda Afg’oniston bo’yicha o’tgan virtual konferensiyada so’zlar ekan, AQSh davlat kotibining siyosiy aloqalar bo’yicha o’rinbosari Devid Xeyl 2021-yilda Afg’onistonga 300 million dollarlik gumanitar yordam berilishini ma’lum qildi.

“Afg’onistonda tinchlik o’rnatish, barcha fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlash, mamlakatni terrorchi guruhlardan xoli zonaga aylantirish bilan AQSh va uning ittifoqchilarini tahdidlardan himoyalashni maqsad qilganmiz”, - dedi rasmiy.

AQSh hukumati Afg’onistonda 2001-yildan buyon erishilgan ijobiy natijalarni saqlab qolish va takomillashtirish bo’yicha o’z pozitsiyasini o’zgartirmaydi. Erishilgan yutuqlar Afg’onistonda barcha fuqarolarning, xususan, ayollar, bolalar, ozchilik guruhlarining ham haq-huquqlariga nisbatan hurmat, qonun ustuvroligiga amal qilish, xalqaro majburiyatlarga ehtirom, shaffoflik va hisobdorlikka asoslangan boshqaruvda o’z aksini topmoqda.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Afg’oniston hukumatining o’zi ham barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun mustaqil kurashishi lozimligiga urg’u berdi:

“Kobuldan Iqtisodiy islohotlar, korrupsiya va narkotik savdosiga qarshi samarali kurash, inson huquqlari, xususan, e’tiqod erkinligini ta’minlash, xususiy sektorni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun intilishni kutamiz”, - dedi rasmiy.

Pompeoning ta’kidlashicha, Afg’onistonga Vashington tomonidan ko’rsatiladigan yordam hajmi va ko’lami tinchlik sulhi bo’yicha erishilajak natijalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

AQSh bosh diplomatiga ko’ra, xalqaro hamjamiyat, xususan, qo’shni mamlakatlar ham tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik yo’lida Afg’onistonga dastak bo’lishi lozim.

Devid Xeylning izohlashicha, Afg’onistonga 300 million dollarlik yordam tinchlik o’rnatish jarayonlaridagi progressga muvofiq holda bosqichma-bosqich yetkazib beriladi.

“Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdan, barqaror kelajak uchun zamin yaratishdan barcha tomonlar birday manfaatdor. O’z navbatida, Afg’oniston hukumati ham zimmasidagi vazifani munosib ado etishi kerak. Afg’oniston xalqi ham, dunyo ahli ham bundan kamiga rozi bo’lmaydi”, - dedi Xeyl.

XS
SM
MD
LG