Accessibility links

Breaking News

AQSh Kuba ekspluatatsiyasiga qarshi chiqmoqda


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Vashington Kubadagi hukmron tuzumning o’z xalqini ekspluatatsiya qilishi, undirilgan moliyani Venesuela rahbari Nikolas Maduro hokimiyatini dastaklash uchun safarbar qilishining oldini olish uchun muhim choralarni ko’rmoqda.

Kubada hukumat xalqdan pul undirishning adolatsiz usullaridan foydalanib kelmoqda. Xususan, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning vataniga jo’natgan pullari noqonuniy yo’l bilan o’zlashtirib olinmoqda.

“Kuba ushbu yarimsharda chetdan jo’natilagan pullardan harbiylar ulush undirib oladigan yagona mamlakatdir”, - dedi AQSh Davlat kotibining o’rinbosari Maykl Kozak Kubada Inson huquqlari muammolariga bag’ishlangan maxsus brifingda so’zlar ekan.

“Kuba hukumati chet el valyutasida kirib kelgan pullarni mamlakatning Venesuelaga ta’sir doirasini kuchaytirish uchun safarbar qiladi, shuningdek, inqirozga yuz tutayotgan bizneslarini tiklash uchun foydalanadi. O’z ulushiga ega bo’lgach, hukumat fuqarolar qo’liga tekkan jo’natma pulni tuzum ixtiyoridagi yuqori narxli do’konlardangina mahsulot harid qilishga sarflashga majbur qiladi”, - dedi rasmiy.

Ushbu amaliyotga chek qo’yish maqsadida AQSh Kuba qurolli kuchlarining pul jo’natmalarini nazorat qilishiga to’siqlar qo’ymoqda. Shuningdek, chet eldan kirgan pullarning erkin muomalaga kirishishi uchun zamin yaratmoqda.

AQSh Kuba hukumati fuqarolarning pulini o’zlashtirish uchun joriy qilgan yana bir qabih amaliyotga xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Bu nayrang Kubaning xorijdagi tibbiyot missiyalaridan pul undirishga asoslangan. Diplomat Kozakning ta’kidlashicha, hukumat shifokor va hamshiralar maoshining 90 foizini o’zlashtirib oladi. Ularning qo’liga hech qachon tegmaydigan bu pullar hukumatning muhim daromad manbaiga aylanib qolgan.

“Kubalik ishchilar mehnat qilayotgan mamlakatlar maoshni tuzum g’aznasiga emas, balki xodimlarning shaxsiy hisob raqamlariga o’tkazishi kerak. Kuba hukumati bosimiga qaramay, ayrim mamlakatlar buni uddalay oldi”, - dedi Kozak.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Vashington Kuba repressiyasi va ekspluatatsion siyosatiga qarshi maxsus sanksiyalar joriy qilgan.

“Maqsadimiz Kubada fuqarolik jamiyati va xususiy sektorni shakllantirish, hukmron tuzumga imkon bermaslik”, - dedi Kozak.

XS
SM
MD
LG