Accessibility links

Breaking News

AQSh va Yevropa Rossiya tahdidiga qarshi birlashadi


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

1991-yilda Sovet ittifoqi parchalanib ketgach, AQSh va Rossiya fazoni tadqiq qilish va qurollanishni nazorat qilish kabi qator sohalarda murosaga erishdi. Tomonlar yaqinda yadroviy qurollarni nazorat qilishga doir bitimni besh yil muddatga uzaytirishga muvaffaq bo’ldi.

Biroq o’zaro manfaatdorlik asosidagi hamkorlik Vashingtonning boshqa muammolarga ko’z yumishini anglatmaydi. Rossiya uyg’otayotgan tahdidlarga qarshi chora ko’rilishini AQSh hukumati oshkora ma’lum qilmoqda.

Xavfsizlik bo’yicha Myunxen virtual konferensiyasida so’zlar ekan, Prezident Jo Bayden AQSh va Yevropa Rossiya tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishi kerakligiga urg’u berdi.

“Kreml bizning demokratiyamizga hujum qilmoqda. Boshqaruv tizimini izdan chiqarish uchun korrupsiyadan qurol sifatida foydalanmoqda. Rossiya liderlari odamlarning AQShni o’ta korrupsiyalashgan yoki Rossiya bilan bir xil darajada korrupsiyalashgan deb o’ylashini istaydi. Biroq dunyo ahli ham, rossiyaliklar ham asl haqiqatni yaxshi biladi”, - dedi Bayden.

Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya rahbari Vladimir Putin Yevropa loyihasi va NATOni zaiflashtirish payida.

“Shuning uchun ham, Ukraina suvereniteti va hududiy daxlsizligini talab qilish AQSh va Yevropa uchun o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, Rossiyaning adolatsiz xatti-harakatlariga, AQSh, Yevropa va butun dunyoda amalga oshirayotgan kiber hujumlariga qarshi kurash kollektiv xavfsizligimizni himoya qilish uchun o’ta zarur”, - dedi Bayden.

AQSh Sharq va G’arb o’rtasida dushmanlik kayfiyatini uyg’otmoqchi emas, deydi u.

“Biz barcha mamlakatlar o’z yo’lini hech qanday zo’ravonlik va majburlash tahdidlarisiz mustaqil tanlaydigan kelajak qurishni istaymiz. Biz sovuq urush davriga xos raqiblik va bloklar qarama-qarshiligiga qaytishni istamaymiz”.

“Raqobat barcha tomonlarga tegishli masalalardagi hamkorlikka to’siq bo’lmasligi kerak. Biz demokratik qadriyatlarni yoyish uchun kurashishimiz, monopolizatsiya va repressiya tarafdorlariga qarshi turishimiz lozim”, - dedi prezident.

XS
SM
MD
LG