Accessibility links

Breaking News

Vashington Markaziy Osiyo birdamligini qo'llab-quvvatlaydi


Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy bog'liqlik bo'yicha o'tgan xalqaro konferensiya. Toshkent, 16-iyul, 2021.
Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy bog'liqlik bo'yicha o'tgan xalqaro konferensiya. Toshkent, 16-iyul, 2021.

Toshkentda 15-16-iyul kunlari o’tgan xalqaro konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy birdamlik, integratsiya yo'lidagi muammolar, kollektiv xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyot istiqbollariga bag’ishlandi.

Konferensiyada AQSh, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Maldiv orollari, Shri-Lanka, Nepal, BMT, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron va boshqa qator mamlakatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.

Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani. Toshkent, 16-iyul, 2021.
Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani. Toshkent, 16-iyul, 2021.

AQSh va Markaziy Osiyoning besh mamlakati vakillari “C5+1” formati doirasida ham uchrashuv o’tkazdi. Savdo, transport va energetika yo’nalishi vositasida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash bo’yicha muzokaralar bo’lib o’tdi.

Prezident Jo Baydenning Ichki xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall tadbirda nutq so’zlar ekan, AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi 30 yillik hamkorlikni olqishladi. Shuningdek, AQSh hukumati mintaqani tranzit, savdo va energetik markazga aylantirishga ko’maklashish ahdida qat’iy ekanini tasdiqladi. Atrof-muhitni himoya qiladigan hamda yuksak xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy infrastrukturani yaratish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Prezident Jo Baydenning Ichki xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall. Toshkent, 16-iyul, 2021.
Prezident Jo Baydenning Ichki xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall. Toshkent, 16-iyul, 2021.

Doktor Shervud-Rendall O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston va Hindiston rasmiylari bilan ikki tomonlama muzokaralar o’tkazdi. Mintaqaviy xavfsizlikni kuchaytirish hamda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlarini jadallashtirishning konkret istiqbollarini muhokama qildi.

Prezident maslahatchisiga Vashingtonning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda AQShning O’zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum hamrohlik qildi.

Vashingtonning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod. Toshkent, 16-iyul,2021.
Vashingtonning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod. Toshkent, 16-iyul,2021.

Delegatsiya, shuningdek, Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani hamda Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan ham uchrashdi. Tomonlar Afg’onistonda xavfsizlikka tahdid, Afg’oniston Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlariga AQSh tomonidan beriladigan yordam, nizolarni murosa yo’li bilan hal etishda diplomatik quvvatlovga doir masalalarni muhokama qildi.

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan. Toshkent, 16-iyul, 2021.
O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan. Toshkent, 16-iyul, 2021.

Tadbirlar doirasida Afg’oniston, Pokiston, O’zbekiston tashqi ishlar vazirlari maxsus elchi Halilzod bilan yangi diplomatik platformani yaratishga kelishgan. Mintaqa bo’ylab iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash ushbu platformaning bosh missiyasi bo’lishi e’lon qilingan.

Konferensiya yakuni bo’yicha bayonot berar ekan, AQSh Davlat departamenti vakili Ned Prays AQSh hukumati “Markaziy Osiyodagi hamkorlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy taraqqiyot va barqarorlikni kengaytirish yo’lida yonma-yon” ekanini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG