AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola
“Biz sizning oroldan yangrayotgan ovozingizni va ozodlik nidosini eshitib turibmiz. AQSh Kuba xalqining muammosini hal etish uchun puxta rejalangan choralar ko’rmoqda”, - deydi Prezident Jo Bayden.
Oq uy rahbari tinch namoyishchilarga zulm qo’llashga aloqador bo’lgan Kuba rasmiylariga navbatdagi sanksiyalarni e’lon qildi.
Kuba rejimi qo’llayotgan repressiyani uyushtirgan liderlar, mamlakat qurolli kuchlari va milliy politsiyasi ofitserlariga qarshi Vashington yangi sanksiyalarni joriy qildi.
Politsiya kuch bilan bostirgan namoyishchilar orasida panjara ortiga tashlangan yoki bedarak yo’qolgan farzandlari uchun bosh ko’targan onalar, yosh namoyishchilarni dastaklash uchun chiqqan katolik cherkovi ruhoniylari ham bor edi.
“Biz Kuba xalqining politsiya hokimiyatiga qarshi matonat bilan namoyishga chiqqani va jahon hamjamiyatiga o’z ovozini yetkaza olganini olqishlaymiz”, - dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.
“Rejimning repressiv siyosatini yuritayotgan Kuba rasmiylariga yana sanksiyalar qo’llashda davom etaveramiz. Mamlakatda keskin o’zgarish yasalmaguncha sanksiyalar to’xtamaydi. Afsuski, o’zgarish bo’lishiga shubham bor”, - deya ta’kidladi Bayden.