Accessibility links

Breaking News

Blinken: Afg'oniston bo'yicha hamkorlarimiz bilan siyosatimiz bir xil bo'lishi muhim


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas yaqinda vazirlar darajasida Afg'oniston bo'yicha yig’in o’tkazdi.

Davlat kotibi Blinken xalqaro hamjamiyatning uyg'unligi va hamkorligi alohida ahamiyatga ega bo'lgan uchta sohaga e'tibor qaratdi.

Birinchisi, Tolibon chet el fuqarolari, viza egalari va afg'onlarga, agar xohlasalar, mamlakat tashqarisiga chiqishiga ruxsat berishini ta’minlash.

Tajribali va bilimli odamlarning tark etishi mamlakatda "miya qurishi"ga olib kelishi haqidagi Tolibon e'tiroziga javoban kotib Blinken shunday dedi:

"Odamlar Afg'onistonda qolishini ta’minlashning eng yaxshi usuli - bu ularning Afg'onistonni tark etishiga ruxsat berish, shuningdek, ularning asosiy huquqlarini himoya qilishdir".

Ikkinchidan, Blinkenga ko’ra, xalqaro hamjamiyat Tolibonni terrorchi guruhlar Afg'onistondan har qanday davlatga tahdid soluvchi operatsiyalar uchun tayanch sifatida foydalanishiga yo'l qo'ymaslik majburiyatini olishga undashi lozim.

"Albatta, biz bu majburiyatlar bajarilishi uchun Tolibonga tayana olmaymiz, - dedi kotib Blinken. - Hammamiz hushyor bo'lishimiz va tahdidlarni kuzatib borishimiz kerak. Ayniqsa, har qanday tashqaridan rejalangan fitna qaytadan paydo bo'lsa, ularga tezda javob berish kerak. Prezident Bayden aniq aytganidek, Qo'shma Shtatlar har qanday tahdidni zararsizlantirish uchun terrorizmga qarshi kuchli salohiyatini saqlab qoladi va agar kerak bo'lsa, biz bu imkoniyatlardan foydalanishdan tortinmaymiz".

Uchinchidan, dedi Davlat kotibi Blinken, xalqaro hamjamiyat AQSh va BMTning terrorchilarga qarshi sanksiyalarini buzmagan holda afg'on xalqiga insonlar hayotini saqlab qoluvchi gumanitar yordam ko’rsatishda davom etishi zarur.

"Bu uchta asosiy maqsad Tolibon bilan aloqada bo'lishni talab qiladi, lekin biz evakuatsiya davomida Tolibon bilan olib borgan va yana davom ettiradigan aloqamiz hamda dunyoning ko’plab mamlakatlariga ko’rsatadigan munosabarimiz o’rtasida katta farq bor”, - dedi Blinken.

Uning ta'kidlashicha, toliblar xohlagan qonuniy maqom vaqt o'tishi bilan, xalqaro hamjamiyatning asosiy talablariga sodiq ekanliklarini ko’rsatish bilan erishiladi. Bu oxirgi 20 yil davomida ayollar, bolalar, jurnalistlar, nogironlar, noan’anaviy jinsiy oriyentatsiya hamjamiyati a'zolari hamda ozchilik guruhlar huquqlari borasida erishilgan yutuqlarni hurmat qilishni o'z ichiga oladi.

"Umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun, - dedi kotib Blinken, - bizning Tolibon bo’yicha munosabatimiz izchil, aniq, ehtiyotkorona hamda iloji boricha uyg'un bo'lishi kerak".

XS
SM
MD
LG