Accessibility links

Breaking News

Eron bilan yadroviy bitim muzokaralari tiklanmoqda


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Besh oylik tanaffusdan so’ng Eron yadroviy bitimga doir muzokaralarni davom ettirishga qaror qildi. Muzokaralarni nazorat qilayotgan Yevropa Ittifoqi barcha tomonlar 29-noyabr kuni Venada o’tadigan yettinchi raund uchrashuvida ishtirok etishini ma’lum qildi. Uchrashuvda AQSh va Eronning yadroviy bitimga qaytishi va dasturiy rejalar muhokama qilinadi.

AQSh Yevropadagi ittifoqchilari bilan hamjihatlikda Eronga murojaat qilib, muzokaralarni ezgu maqsadlar bilan yakunlash maqsadida bitimga qaytishga chaqirgan edi.

“Vaziyatning xavfli tus olishidan hech bir davlat manfaatdor emas. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun yagona yo’l - murosa”, deyiladi AQSh Prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonlar imzolagan qo’shma bayonotda.

To’rt lider Eronning yadroviy dasturi doirasida tashlanayotgan provokatsion qadamlarni qayg’u va xavotir bilan qabul qilishini ma’lum qilgan. Eronda haddan ziyod kuchaytirilgan uran va boyitilgan uran metallining ishlab chiqarilishini tanqid qilgan. Tehron Xalqaro Atom energiyasi agentligi bilan o’zaro hamkorlikni va yadroviy dastur shaffofligini qisqartirganini qoralagan. Eronning yadro qurolini yaratishga intilishiga yoki unga egalik qilishiga aslo yo’l qo’yilmasligini ta’kidlagan.

AQSh Davlat departamenti vakili Ned Prays matbuot anjumanida so’zlar ekan, Eronning muzokaralar stoliga qaytganini tasdiqladi.

“Umid qilamizki, yadroviy bitim shartlariga amal qilish borasida iyun oyida oltinchi raund uchrashuvlarida ochiq qolgan ayrim masalalarni hal etish bilan qisqa fursatda kelishuvga erishish mumkin. Uzoq davom etgan tanaffus ortidan bunday imkoniyat boshqa bo’lmasligini aniq va ravshan ta’kidladik. Ayniqsa, Eron yadroviy masalalarda provokatsion qadamlarni tashlashda davom etaversa”, - deya bayonot berdi Prays.

Matbuot kotibi, shuningdek, Eron delegatsiyasi Vena uchrashuviga kelganida muzokaralar uchun ochiq bo’lishga, tezkor murosa yo’lini tanlashga va ezgu maqsadlar yo’lida kelishuvga erishishga tayyor bo’ladi, deya umid bildirgan.

XS
SM
MD
LG