Accessibility links

Breaking News

Xitoy bilan ko’p qirrali munosabat


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Xitoy Xalq Respublikasi jahon sahnasida “o’z mintaqasi va undan tashqarida ham turli vositalarni qo’llash bilan yanada qaysar va yanada agressiv” bo’lib qoldi, deydi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

AQSh Xitoyga uch yo’nalishda yondashadi. Bular raqobatchilik, kooperativ munosabat va raqiblikdan iborat. Diplomat Blinkenning ta’kidlashicha, AQSh “o’z hamkorlari va ittiffoqchilari bilan hamjihatlikda va yelkama-yelka harakat qilar ekan, Xitoy bilan munosabatlarning har bir yo’nalishida kuchliroq va samaraliroq ishlamoqda”.

“Ittifoqimiz, hamkorligimiz va xalqaro institutlardagi ishtirokimizni qayta jonlantirish yo’lidagi harakatlarimizning sabablaridan biri ham Xitoy bilan munosabatda mushtarak yo’ldan borishdir. Biz birgalikda o’tkazadigan bosim natija nuqtai nazaridan hatto AQShday qudratli davlat yolg’iz harakat qilganidan ko’ra ancha kuchliroq bo’ladi”, - dedi Blinken.

Diplomatning izohlashicha, ittifoqchilar bilan hamkorlik XXR ning ayyor manfaatlariga asoslangan “Kamar va yo’l” tashabbusi doirasidagi loyihalarga muqobil variantlarni taklif etishda muhim ahamiyatga ega. Bu infrastrukturaga oid bitimlar dunyo bo’ylab ko’plab mamlakatlar zimmasiga og’ir yuk yuklamoqda.

“Muammolardan biri shundaki, infratuzilmaga sarmoya kiritilar ekan, davlatlarga to’lashga qurbi yetmaydigan, qarz girdobidan chiqa olmaydigan majburiyatlar yuklanadi. Mamlakatlarni Xitoydan qarzini uzish uchun yo boshqa iqtisodiy resurslarni jalb etishga, yoki aktivlarga egalikni Xitoyga topshirishga majburlash maqsad qilinadi”, - deydi AQSh davlat kotibi.

Aksariyat hollarda, Xitoy infrastruktura loyihalariga mahalliy ishchilarni emas, o’z ishchilarini jalb etadi. Ular ko’pincha og’ir sharoitlarda ishlaydi. Uyushish huquqidan mahrum etiladi, majburiy mehnatga tortiladi. Odatda, bunday yo’l qurilish standartlarini pasaytirish, atrof-muhit muhofazasiga doir talablarni bajarmaslik uchun xizmat qiladi.

Bunga javoban, AQSh va uning ittifoqchilari “Yaxshiroq dunyoni qayta qurish” loyihasini ishga tushirdi. Loyiha “Katta yettilik” va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda infrastrukturaga yuksak standartlar asosida sarmoya kiritishga, uni qabul qilib olayotgan mamlakatlar uchun yanada jozibador imkoniyatlarni taklif etishga qaratilgan.

AQSh o’z hamkorlari va ittifoqchilari bilan hamjihatlikda imkon qadar Xitoy bilan aloqa o’rnatish, zarurat tug’ilganda, unga birgalikda qarshi turish pozitsiyasida qat’iy.

XS
SM
MD
LG