Accessibility links

Breaking News

Ukrainaga xalqaro moliyaviy yordam


Kiyev, 24-fevral, 2022.
Kiyev, 24-fevral, 2022.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQSh ukrain xalqi oldidagi moliyaviy majburiyatlari borasida qat’iy ekanini ma’lum qildi. Vashingtonning bosh diplomati Entoni Blinken iqtisodiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash hamda Xalqaro valyuta fondi bilan o’zaro aloqalarni mustahkamlash yo’lida Ukrainaga qiymati 1 milliard dollarga teng kredit ajratishga davlat kafolati berilishini ma’lum qildi.

“Ushbu taklif, Ukraina, Xalqaro valyuta fondi, boshqa xalqaro moliyaviy institutlar, “Katta yettilik” hamda boshqa donorlar bilan hamkorlik shartlariga muvofiq holda, Rossiya agressiyasi sharoitida Ukrainaning iqtisodiy barqarorligi va taraqqiyotini mustahkamlashga xizmat qiladi”, - dedi Blinken.

2014-2016-yillar mobaynida AQSh Ukrainada 1 milliard dollarlik suveren kreditlar bo’yicha uchta alohida garantiyani taqdim etgan. Bu mablag’ Rossiya Qrim orolini egallagandan keyingi davrda kreditorlardan qarz uzishni kafolatladi.

“Bu kredit garantiyalari Rossiyaning avvalgi agressiyasi sharoitida Ukrainaga iqtisodni muvaffaqiyatli muvozanatga keltirish, Xalqaro valyuta fondi quvvatlovi bilan iqtisodiy islohotlar bo’yicha dadil dasturlarni amalga tatbiq qilishga yordam berdi”, - deya ta’kidladi diplomat.

AQSh 2014-yildan buyon Ukraina taraqqiyoti yo’lida 2 milliard dollardan ziyod yordam berdi. Shuningdek, AQSh hukumati mamlakat kompaniyalarining Ukraina iqtisodidagi tijoriy ishtirokini kengaytirishga doir muhim qadamlar tashladi.

AQSh Eksport-import banki Ukraina loyihalariga Amerikadan tovar va xizmatlarni xarid qilishda ko’maklashish maqsadida 3 milliard dollargacha mablag’ ajratishni rejalamoqda. Ayni damda AQShning Xalqaro taraqqiyot moliyaviy korporatsiyasining Ukrainada o’ndan ziyod loyihalar ishtirok etayotgan investitsiya portfeli qariyb 800 million dollarni tashkil etadi.

Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, AQSh bundan buyon ham Ukraina hukumati va xalqini qo’llab-quvvatlashning turli yo’llari ustida ishlashni davom ettiradi.

XS
SM
MD
LG