Accessibility links

Breaking News

Mustaqil va demokratik Moldova himoyasi yo’lida


AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Moldovada. 6-mart, 2022.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Moldovada. 6-mart, 2022.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

“AQSh Moldova bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan 30 yil mobaynida bugungi kundagiday xavotirli va og’ir lahzalar bilan yuzlashmagan”, - dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Moldovaga yaqinda uyushtirgan safari chog’ida.

Kremlning Ukrainaga asossiz urush boshlashi oqibatida yaqin mamlakatlar bo’ylab, xususan, Moldovada ham gumanitar inqirozning jiddiy ta’siri sezilmoqda. Qo’shni Ukrainadan 240 mingdan ziyod qochqin o’z hayotini saqlab qolish umidida Moldova hududiga o’tgan. Shubhasiz, bu raqam kundan-kunga o’sib bormoqda.

Rossiya bosqinidan qochib panoh so’rab kelganlarni qabul qilayotgani uchun Blinken Moldova hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

“AQSh yordam berish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Bizning ma’muriyatimiz Kongressdan Ukraina ichidagi yordamga muhtoj qatlam hamda Moldova kabi qochqinlarni qabul qilib, Ukraina tashqarisidagi gumanitar masalalarni hal etishga urinayotgan davlatlarga 2,75 milliard dollar qiymatida favqulodda yordam va gumanitar ko’mak berishni so’rab murojaat qildi”, - dedi Blinken.

Diplomatning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat ham Moldovaga yordam ko’rsatish uchun mas’ul.

Demokratiya, inklyuziv va barqaror iqtisod, Yevropa mamlakatlari va institutlari bilan yanada qalin aloqa qilish yo’lidan borar ekan, AQSh Moldova suvereniteti va territorial daxlsizligini qo’llab-quvvatlaydi.

AQSh Moldova bilan qator sohalarda o’zaro aloqalarni davom ettirmoqda. Koronavirusga qarshi yuz minglab doza vaksinalarni yetkazib berish, pandemiyaga qarshi kurashga qaratilgan millionlab dollar qiymatidagi yordam shular jumlasidan.

Blinkenning ta’kidlashicha, energetik xavfsizlikning mustahkamlanishi Moldova suvereniteti uchun o’ta muhim. “Kelasi yillarda Moldova energetika sektorini kuchaytirish va diversifikatsiya qilish uchun 18 million dollarlik sarmoya kiritamiz”, - dedi diplomat.

AQSh, shuningdek, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti boshchilidagi Pridnestrovye maxsus maqomi hamda Moldova suvereniteti va hududiy daxlsizligiga aloqador nizoni atroflicha hal etish muzokaralarini qo’llab-quvvatlaydi.

“Inson huquqlarini ezozlaydigan mamlakatlar qonun ustuvorligiga amal qiladi, inklyuziv va barcha fuqarolar oldida hisobdor boshqaruv usulini qo’llab-quvvatlaydi, eng qiyin masalalarga ham eng yaxshi yechimlar topishga intiladi. Shuning uchun ham AQSh korrupsiyaga qarshi kurashayotgan, demokartik islohotlar o’tkazayotgan hamda mustaqil mediani shakllantirayotgan Moldovani qo’llab-quvvatlaydi”, - dedi AQSh bosh diplomati.

AQSh va Moldova aloqalari teng manfaat va qadriyatlar asosiga qurilgan. “Biz Moldovadan 30 yillik do’stlik uchun minnatdormiz va navbatdagi 30 yillik uchun oshiqmoqdamiz”, - dedi Blinken.

XS
SM
MD
LG