AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola
AQSh raqamli kapitallar global boshqaruvini demokratik qadriyatlar hamda mamlakatning raqobatbardoshligiga muvofiq holda olib borishda yetakchilik qilishga bel bog’lagan.
O’tgan yil noyabrida raqamli kapitallar, jumladan, kripto valyuta qiymati 3 trillion dollardan oshib ketdi. Tez sur’atlardagi o’sish natijasida, raqamli kapitallar so’nggi besh yilda 14 milliard dollarga ko’paydi. Ayni damda yuzdan ziyod mamlakatlarning Markaziy banklari suveren valyutaning raqamli formasidan foydalana boshlagan yoki sinov bosqichini o’tkazmoqda.
Raqamli kapital taraqqiyoti AQSh uchun global moliyaviy tizimda yetakchilikka erishish imkonini beradi. Shuning bilan bigra, iste’molchilarni himoyalash, moliyaviy barqarorlik, inson huquqlari, milliy xavfsizlik hamda iqlimni saqlashga doir qator muammolarni ham o’rtaga tashlaydi.
AQSh ushbu tez o’sib borayotgan platformada innovatsion quvvatlov hamda xavf-xatarlarni bartaraf qilish bilan texnologik liderlikni qo’lga olishi lozim.
Shuning uchun ham, Prezident Jo Bayden “Raqamli kapitallar taraqqiyotini ta’minlash to’g’risida”gi farmonni imzoladi. Unda ilk bor raqamli kapitallar va ularga oid texnologiyalarning xatarlari va afzalliklari borasida AQSh pozitsiyasiga oydinlik kiritilgan.
Farmonda quyidagi olti dolzarb masala bo’yicha davlat pozitsiyasi belgilangan: iste’molchi, investor va biznes himoyasi; moliyaviy barqarorlik; noqonuniy moliya; global moliyaviy tizim va iqtisodiy taraqqiyotda AQSh roli; moliyaviy inklyuzivlik; mas’uliyatli innovatsiya.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, demokratik mamlakatlar texnologik sinovlarni hamjihatlikda o’tkazishi lozim. Bu jarayonda esa diplomatiya tomonlar o’rtasida muhim rol o’ynaydi.
Diplomatning aytishicha, jamiyat kripto valyutalardan naf ko’radi, biroq ularning aks ta’sirining oldini olish uchun xavfsizlik choralari ko’rilishi lozim. Xususan, Rossiya va Ukrainada moliyaviy innovatsiya ham ijobiy, ham salbiy maqsadlarga xizmat qilgani qayd etilgan. So’nggi yillarda kripto valyutalarga doir yirik firibgarlik amalga oshirilgan.
Boshqa tomondan, Ukraina so’rayotgan yordamga dunyoning turli nuqtalaridan to’g’ridan-to’g’ri kripto valyutada yordam yetkazilmoqda.
AQSh Davlat departamenti mazkur farmon ijrosini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Dunyo bo’ylab AQSh elchixonalari va missiyalari raqamli texnologiyalar taraqqiyoti va ularning demokratik qadriyatlarga muvofiq ishlashida xususiy sektor va xalqaro organlar bilan hamkorlik qilishga tayyor.
AQSh o’z ittifoqchilari, hamkorlari, raqamli kapitallarning keng jamoatchiligi bilan hamjihatlikda raqamli valyutalarning xavfsiz, inklyuziv hamda mamlakat demokratik qadriyatlariga mos kelajagini yaratish ahdida qat’iy.