Accessibility links

Breaking News

Xalqaro demokratiya kuni


So'z erkinligiga oid asar
So'z erkinligiga oid asar

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

15-sentabr kuni Xalqaro demokratiya kuni nishonlandi. Ushbu kun inklyuziv demokratik boshqaruv afzalliklari haqida bong urish, u ayni damda jahon bo’ylab yuzma-yuz kelayotgan muammolarga e’tibor qaratish uchun bir fursat.

Bu yilgi mavzu esa “Matbuot erkinligi” bo’ldi. Dunyoning demokratiya chekingan barcha hududlarida avtoritarizm avj oladi. Demokratiyani asrash uchun esa erkin va oshkora matbuotni himoya qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki erkin matbuot korrupsiyani fosh etishi, milliy qonunchilik va siyosiy qarorlarni chop etish bilan fuqarolarni o’z haq-huquqlari haqida xabardor qilishi, shuningdek, jamoatchilik muhokamasi va fikr almashinuviga imkon yaratishi mumkin.

Qolaversa, matbuot avtoritar liderlarning qonun ustuvorligini poymol qilishga urinishini, erkin va haqqoniy saylovlarga to’sqinlik qilish harakatini, fuqarolik huquqlari va so’z erkinligini toptash hollarini oshkor qilishga qodir.

AQSh demokratiyani qadrlaydi. Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, “erkin va demokratik jamiyatlarda fuqarolar ancha sog’lom, zulm va nizolar ancha oz, jamoatchilik esa ancha barqaror. Darhaqiqat, demokratiya ko’pchilik manfaatiga mos, ayrimlar manfaatiga esa zid”. Diplomatning izohlashicha, “demokratiya zamonaviy masalalarni a’lo darajada hal etishga qodir tuzum”.

Prezident Jo Baydenning ta’kidlashicha, “demokratiya – xalqni xalqning o’zi vositasida va xalq manfaatlari yo’lida boshqarish, tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikka erishish yo’lida insoniyat kashf etgan eng ishonchli yo’ldir. Biz shu yo’l bilan har bir insonga tegishli bo’lgan universal huquqlar, asosiy erkinlik va qadr-qimmatni eng a’lo darajada himoya qila olamiz”.

“Hech bir demokratiya mukammal emas va hech bir demokratiya yakuniy holiga yetmagan. Har bir erishilgan yutuq, har bir yengib o’tilgan to’siq – bu maqsadga yo’naltirilgan betinim mashaqqat natijasidir. Xalqaro demokratiya kunida biz yana bir bor o’z qadriyatlarimizga asoslangan demokartiyaning dunyoda yetakchilik qilishi hamda inson huquqlari qadrlanadigan kelajakni yaratish yo’lidagi og’ir vazifamizni bajarish ahdida qat’iy ekanimizni tasdiqlaymiz”, - dedi Bayden.


XS
SM
MD
LG