Accessibility links

Breaking News

AQSh elchisi: Qizlar huquqlarini himoya qilamiz


Sudanlik o'quvchi qizlar
Sudanlik o'quvchi qizlar

“Har bir qiz jinsiy zo‘ravonlik va kamsitishlardan xoli, sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlash xizmati va kelajakda ishga joylashish imkoniyatlariga ega bo‘lgan dunyoda yashashga loyiq”, — dedi AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas Grinfild.

Darhaqiqat, bular har bir qiz va ayol ega bo’lgan asosiy inson huquqlaridir. Ushbu huquqlarning himoya qilinishin ta'minlash qashshoqlikka barham berish va har qanday jamiyat yoki mamlakatning umumiy farovonligini oshirish uchun juda muhimdir.

Qizlarning ta'limiga sarmoya kiritish nafaqat qizlarga, balki ularning jamoalariga ham foyda keltiradi. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, o'rta ma'lumotga ega bo'lgan qizlar sifatli ovqatlanish va sog'liqni saqlash haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lgan insonlarga aylanadi. Ularning 18 yoshga to‘lmasdan turmush qurishi ehtimoli kamayadi, erta va ko’p farzandli bo’lishi ham kamroq uchraydi. Shuningdek, ularning uydan tashqarida ishlash va yuqori daromad olish imkoniyati oshadi. Natijada ularning o’zlari ham, farzandlari ham sog‘lom va bilimliroq bo’ladi.

Shunga qaramay, juda ko'p mamlakatlarda qizlar ta'lim olishda to'siqlarga duch kelmoqda. Jahon bankining ogohlantirishicha, qizlarning 12 yillik ta'lim olishiga to'sqinlik qiladigan jamiyatlarda bir umrlik moddiy yo’qotish miqdori 15 trilliondan 30 trillion dollargacha bo’lishi mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, qizlar duch keladigan to'siqlar ularning o'rganish va eng samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Birinchidan, qizlar ko'pincha maktabda va maktabga sayohat qilish paytida o'zlarini xavfsiz his qilmaydi. Gender asosidagi zo'ravonlik ularning o'qishni tugatmasliklari sabablaridan biridir. Sinfda jinsiy ajratish qizlar uchun yana bir to’siq. Gender stereotiplari uzoq vaqt davomida qizlarning o'zini o'zi qadrlashiga va akademik ko'rsatkichlariga, shuningdek, ta'lim sohasini mustaqil tanlashiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Qizlarga ta'limning barcha bosqichlarini tamomlash va mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni o'rganish imkoniyati berilishi kerak. Ularga o'z hayotlari to'g'risida qaror qabul qilishlari va o'z jamoalari va mamlakatlariga hissa qo'shishlari uchun ruxsat berilishi kerak.

"Qo'shma Shtatlar barcha qizlar va yosh ayollarning inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilish ahdiga sodiq qoladi. Biz qizlarning sifatli oziq-ovqat va suv, ta'lim, tibbiy yordam va vaksinalarga hamda inson huquqlari hurmat qilinadigan zo'ravonliksiz kelajakka ega bo'lishini ta'minlash uchun dunyoni biz bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz", - dedi elchi Tomas Grinfild.

"Biz bilamizki, qizlar global muloqotda erkin va to'liq ishtirokchi bo'lish imkoniyatini qo’lga kiritsa, bu hammamiz uchun yaxshi”, - deya qo’shimcha qildi u.

XS
SM
MD
LG