Accessibility links

Breaking News

Xalqaro hamjamiyat Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari ahvolini keskin qoraladi


Xalqaro hamjamiyat Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikka bo’layotgan tahdidlar, jumladan, ballistik raketalarning uchirilishi, yadroviy sinovga tayyorgarlik hamda ommaviy qirg'in qurollari dasturlarini moliyalashtirish uchun kripto-valyuta infratuzilmasiga qarshi kiber-hujumlardan haqli ravishda xavotirda.

31 davlat, jumladan, AQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi va dunyoning yana oʻnlab boshqa davlatlari yaqinda boshqa bir masalaga, KXDRda yashovchi insonlar huquqlarining ayanchli ravishda poymol etilishiga eʼtiborini qaratdi. AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi Linda Tomas-Grinfild BMT Xavfsizlik Kengashining yopiq majlisi ortidan shu masalada tayyorlangan qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

31 davlat nomidan elchi Linda Tomas-Grinfildning aytishicha, Shimoliy Koreya dunyoda inson huquqlarini eng keskin poymol etayotgan davlatlardan biri. U yerda 100 000 dan ortiq odam siyosiy mahbuslar lagerlarida saqlanmoqda. Bu lagerlarda qiynoqlar, majburiy mehnat, qatllar, och qoldirish va jinsiy zo'ravonlik kabi huquqbuzarliklar keng yoyilgan.

“Qamoqxonada boʻlmaganlar esa insonning asosiy huquqlari, jumladan, soʻz, axborot va hatto fikr erkinligidan ham mahrum”, - dedi AQSh elchisi.

AQSh Shimoliy Koreya tahdidlariga qarshi birlashishga chorlamoqda
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00

Bu yerda boshqa mamlakatlar fuqarolari ham suiiste'molliklarga, jumladan, qotillik, kuzatuvga olinish, qo'rqitish, o'g'irlash va majburan vataniga qaytarish kabi holatlarga duch kelgan. Elchi Tomas-Grinfild, jumladan, KXDRda hibsga olingan Koreya Respublikasi fuqarolarining inson huquqlari bilan bog‘liq ahvolidan alohida tashvish bildirdi. Yaponiya va Koreya Respublikasi fuqarolarinining Shimoliy Koreyada o'g'irlanishi va g’oyib bo’lishi bilan bog’liq holatlarni tilga oldi.

31 davlat imzo chekkan qo’shma bayonotda yana aytilishicha, rejim davom ettirayotgan huquqbuzarliklar "mamlakatning noqonuniy va beqarorlashtiruvchi qurollar dasturi bilan uzviy bog'liq". Rejimning majburlash tizimi resurslarni qurol ishlab chiqarishga yo'naltiradi; mamlakat fuqarolari og'ir iqtisodiy qiyinchiliklar va to'yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, deyiladi unda.

“Zamonaviy dunyoda bunday shafqatsizlik uchun joy yo'q. Biz aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi vakillar.

“Bu inson huquqlari buzilishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladi va Kengashda buni ochiqchasiga hal qilish vaqti keldi. Biz Xavfsizlik Kengashining barcha aʼzolarini 2023-yilda ochiq muloqot oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz. U yerda biz KXDR tomonidan sodir etilgan inson huquqlari buzilishi va qonunbuzarliklarini, tinchlik va xavfsizlikka taʼsirini muhokama qilishimiz hamda inson huquqlarini Koreya yarimoroliga doir tinchlik va xavfsizlik diplomatiyasiga kiritish yoʻllarini oʻrganamiz", - deyiladi bayonotda.

XS
SM
MD
LG