AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola
“Avtoritar tuzumlarning kuchayishi kuzatilayotgan bir davrda biz demokratik davlatlar xalqni munosib boshqara olishi, real odamlarga real natijalar taqdim etishga qodir ekanini oshkora va batafsil namoyish etishimiz lozim”, - deydi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer.
Avtokratik davlatlar demokratik davlatlar erisha olmagan ijobiy natijalarga erishayotgani haqida yolg’on axborot tarqatmoqda. “Biroq bu konsepsiya mutlaqo yolg’on”, - deydi Pauer.
Darhaqiqat, “V-Dem” tadqiqot instituti demokratiyani tahlil qilayotgan tadqiqotlarga tayangan holda quyidagicha xabar qiladi:
“25 yillik demokratizatsiya jarayonlari natijasida demokratik davlatlarda aholi jon boshiga nisabatan yalpi ichki mahsulot hajmi avtokratik mamlakatlardagidan 20 foiz yuqori ekani aniqlangan”.
Avtokratik jamiyatlar yuzlashayotgan eng yirik muammolardan biri – korrupsiyadir. Iqtisod elitasi va korrupsiyalashgan siyosiy liderlar transmilliy aloqalarini ishga solib, o’z manfaatlari hukmronligiga erishadi. Demokratiyani ichdan yemiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, agentlikning shu yo’nalishdagi faoliyatida integratsiyalashuvni mustahkamlash, bu sohada Davlat departamenti, Adliya va Moliya vazirliklari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida USAID tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha guruh (ACTF) tuzildi.
Ushbu guruh demokratik islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashni jadallashtirish mexanizmini ishlab chiqadi. Davlat departamentining shu maqsaddagi intilishlariga hissa qo’shadi. AQSh Prezidenti Jo Bayden tasdiqlagan byudjetda ana shu rejalarni amalga oshirishga 50 million dollar mablag’ ajratilgan. Pullar nomutanosib sarflanayotgan yoki mamlakatda demokratik rivojlanishga to’sqinlik qilayotgan bo’lsa, USAID davlat idoralari mablag'larini fuqarolik jamiyati tashkilotlariga yo'naltiradi.
Pauerning ta’kidlashicha, agentlik korrupsiyaga qarshi kurashdan tashqari davlatlarga “kiber xavfsizlikni kuchaytirish, dezinformatsiyaning oldini olish, shuningdek, demokratik kuchlarni raqamli kuzatuv, senzura va repressiyadan himoyalashga ko’maklashadi”.
USAID tashkiloti Davlat departamenti va Global media agentligi bilan hamkorlikda turli davlatlarda erkin va oshkora internet ta’minotini yo’lga qo’yish hamda yangi texnologiyalarni yaratishda demokratik qadriyatlar va inson huquqlari tamoyillarini qo’llashga ko’maklashadi. Shuning bilan birga, AQSh dunyo bo’ylab mustaqil OAVni dastaklashga muhim e’tibor qaratadi. Chunki juranlistlar ham repressiv hukumatlar bosimi, ham iqtisodiy voqelikdagi o’zgarishlardan aziyat chekmoqda.
Global maydonda avtoritarizm kuchayib borayotgan bo’lsa-da, so’nggi yillar tahlili demokratiyaning dunyoda eng nufuzli va eng ma’qul boshqaruv usuli ekanini ko’rsatmoqda, deya ta’kidlaydi Pauer. AQSh o’z-o’zini boshqarishga va asosiy erkinliklarning ta’minlanishiga intilayotgan barcha mamlakatlarga yordam berish ahdida qat’iy.