Accessibility links

Breaking News

AQSh "Islomiy davlat"ning moliyaviy manbalarini yo'q qiladi


AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin
AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Terroristlarning moliyaviy manbalarini nishonga olish markazi (Terrorist Financing Targeting Center, TFTC) - AQSh, Saudiya Arabistoni, Bahraiyn, Quvayt, Oman, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida tuzilgan organ. Maqsad - terrorizmga qarshi birga kurashish va xavfsizlikni ta'minlash.

2017-yilda tashkil topgan TFTC 60 dan oshiq terrorist shaxs va tashkilotlarga nisbatan besh marotaba cheklovlar e'lon qilib, bu taqiqlar "Islomiy davlat" va uning sheriklari, al-Qoida, Eronning Inqilobid Gvardiyasi, Livanning Hizbulloh va Afg'oniston va Pokistondagi Tolibonning moliyaviy manbalarini yo'q qilishga qaratilgan.

So'nggi qarorga ko'ra, yetti hamkor tomonidan "Islomiy davlat" to'dasiga aloqador olti shaxs va tashkilotga nisbatan keskin moliyaviy choralar ko'riladi.

Xususan Suriyadagi "al Haram Exchange", "Tawasul" kompaniyasi va "al-Khalidi Exchange" nishonda. "Islomiy davlat"ning homiylari deya qayd etilgan Abd-al-Rahmon Ali va Husayn al-Ahmad al-Raviy hamda Afg'onistonda "Nejaat" ijtimoiy yordam tashkiloti va uning rahbari Said Habib Ahmad Xon endilikda siquv ostida. AQSh ularga nisbatan alohida cheklovlar ham joriy etgan.

Bu insonlar va ularning tashkilotlari bilan bog'liq har qanday axborot AQSh hukumatiga oshkor etilishi shart. Ularing xususiy mulki haqida xabar topgan tomonlar bu ma'lumotni davlatdan yashirmasligi kerak. Darhol to'siqlar qo'yiladi. AQShda yashovchi odam bu tomonlar bilan hech qanday aloqa qilmasligi shart. Amerika hududida bu shaxs va tashkilotlarning bevosita yoki bilvosita biror faoliyat olib borishiga aslo yo'l qo'yilmaydi.

AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchein deydiki, TFTC ko'rayotgan choralar dunyo bo'ylab terroristlar faoliyatini iloji boricha cheklashni ko'zlaydi. AQSh va uning Fors ko'rfaziidagi hamkorlari mintaqaviy xavfsizlik yo'lida birga ishlayveradi, deydi Mnuchin. Terroristlarning moliyaviy tizimlarini barbod qilish - mushtarak maqsad.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bayonotiga ko'ra, TFTC so'nggi qarori terrorist tashkilotlarga moliyaviy yoki moddiy yordam ko'rsatayotgan shaxs va bizneslar uchun jiddiy ogohlantirishdir.

XS
SM
MD
LG