Mustaqil inson huquqlari tashkilotlari hisobotlariga ko‘ra, Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yuzlab namoyishchilar o‘ldirilgan, yana minglab odam hibsga olingan.
Faollarga ko’ra, Eron hukumati ikki oy avval politsiya hibsxonasida 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limi tufayli boshlangan va hanuz davom etayotgan namoyishlarga javoban qasos olishning yangi bosqichini boshladi.
12-noyabr kuni Tehrondagi Inqilobiy sud nomi oshkor etilmagan bir namoyishchini hukumat binosiga o‘t qo’yish va “Xudoga qarshi urush olib borish”da ayblab, o‘limga hukm qildi.
Hukm ko'pchilik tomonidan qoralandi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari matbuot kotibi Jeremi Lourens yana kamida to'qqiz namoyishchi o'lim jazosi bilan bog'liq jinoyatlarda ayblanganini ta'kidladi. U Tehronni namoyishlar paytida hibsga olingan minglab odamlarni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.
SEE ALSO: AQSh: Eronda inson huquqlari buzilishini keskin qoralaymizBMT tomonidan tayinlangan 16 nafar mustaqil inson huquqlari bo‘yicha ekspert ham ularni ozod qilishga chaqirdi va Eron hukumatini “o‘lim jazosidan norozilik namoyishlarini bostirish vositasi sifatida foydalanishni to‘xtatishga” undadi.
14-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi “namoyishchilarni bostirish uchun mas’ul” deb ko’rilgan eronlik bir guruh jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Britaniya ham Eron rasmiylariga nisbatan qo'shimcha sanksiyalar joriy qildi.
Shuningdek, 14-noyabr kuni AQShning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Erondagi “ommaviy hibsga olishlar, soxta sudlar va o‘z xalqining qadr-qimmati va erkinligini muntazam ravishda buzayotgan hukumatga qarshi qonuniy talablarni bildirgan namoyishchilarning o‘lim jazosi bilan qo’rqitilayotgani” haqidagi xabarlardan chuqur xavotirda ekanini bildirdi.
SEE ALSO: AQSh Eron bilan muzokaralarni davom ettiradi"Dunyoning ko'zi Eronda, - dedi Sallivan. - Uning hukumati tomonidan inson huquqlarining buzilishi javobsiz qolmasligi kerak. Eron davlat organlari qo'lida allaqachon o'ldirilgan yuzlab namoyishchilar adolatga loyiq. Janob Ronagi kabi siyosiy mahbuslarga nisbatan qiynoqlar va qo‘pol muomalalar to‘xtatilishi kerak”.
"Qo'shma Shtatlar butun dunyo bo'ylab hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birga sanksiyalar va boshqa vositalar orqali bu qonunbuzarliklar uchun javobgarlikni ta'minlashda davom etadi, - deya qo’shimcha qildi Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchi Sallivan. - Qo'shma Shtatlar Eron xalqi va uning talablari bilan birga".