Accessibility links

Breaking News

AQSh: Eronda inson huquqlari buzilishini keskin qoralaymiz


Eronda hukumatga qarshi namoyishlar, Tehron, Eron, 2022-yil, 1-oktabr
Eronda hukumatga qarshi namoyishlar, Tehron, Eron, 2022-yil, 1-oktabr

Eronning Kurdiston viloyatidan yigirma ikki yoshli Mahsa Aminiy 13-sentabr kuni oilasi bilan Tehronga tashrif buyurdi. U oila aʼzolari bilan metrodan chiqayotib, Tehrondagi axloq politsiyasi tomonidan hijobni “notoʻgʻri kiygani” uchun hibsga olindi. Uch kundan keyin uning yurak xurujidan o'lgani e'lon qilindi. Uning oilasi qizning sog’lom bo’lganini da’vo qilib, politsiyani Aminiyni o’ldirganlikda aybladi.

Erondagi taniqli inson huquqlari nodavlat tashkiloti – Inson huquqlari bo‘yicha markazi ijrochi direktori Hadi G‘emining aytishicha, Aminiy davlatning hijob kiyishni majburlovchi qonun asosida hibsga olingan va ko‘p o‘tmay vafot etgan.

“Hukumat uning o'limi va o'nlab yillar davomida ayollarning bu kamsituvchi, g'ayriinsoniy qonun niqobi ostida ta'qib qilingani, hibsga olingani va boshqa yo'llar bilan jabr ko’rgani uchun javobgardir."

Eronning ko‘plab shaharlarida, jumladan, Tehron va Kurdiston viloyatida Aminiyning o’limi ortidan namoyishlar boshlanib ketdi. Tinch namoyishchilar kuch bilan kutib olindi va Erondagi huquqlarning buzilishini kuzatuvchi Inson Huquqlari Faollari Axborot Agentligi namoyishlar paytida halok bo'lgan kamida 54 namoyishchining shaxsini aniqladi.

Aminiyning politsiya idorasida dahshatli o'lim topishi Qo'shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qoralandi.

“Mahsa Aminiy bugun tirik bo‘lishi kerak edi. Buning o'rniga, Qo'shma Shtatlar va Eron xalqi u uchun motam tutmoqda. Biz Eron hukumatini ayollarni muntazam ravishda ta’qib qilishni to‘xtatishga va tinch namoyishlarga ruxsat berishga chaqiramiz”, - deb yozdi “Twitter” orqali AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken.

Shuningdek, AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan matbuot brifingida shunday dedi:

“[Aminiyning o'limi] rejimning to'liq qatag'oni va shafqatsizligini aks ettiradi. O'zining oddiygina asosiy huquqidan foydalanmoqchi bo'lgan ayol shu tarzda o'lishi mumkinligini ko’rdik. Eronda jamiyatning barcha qatlamlaridagi odamlar bunga keskin e'tiroz bildirib, ular yashashni xohlaydigan jamiyat bu emasligini aytayotganlari ajablanarli emas”.

"Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bo'yicha barcha davlatlar o’z zimmasiga olgan majburiyatlarning hech biriga mos kelmaydi, - deya qo’shimcha qildi u. - Va bu narsaga qarshi Qo'shma Shtatlar o’z qarashini keskin va aniq bildiradi".

XS
SM
MD
LG