AQSh rivojanayotgan davlatlarga sun'iy intellekt bo'yicha yordam beradi

Sun'iy intellekt dunyo bo'ylab odamlarning hayotini yaxshilash potensialiga ega. Yaqinda BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida boʻlib oʻtgan tadbirda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qoʻshma Shtatlar va uning hamkorlari barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha qanday choralar koʻrish masalasini ko’rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Blinken eng muhtoj joylar va jamoalar ahvolini yaxshilash uchun yetakchi sun’iy intellekt kompaniyalari bilan davlat-xususiy sheriklik dasturlari tuzilganini e'lon qildi.

“Davlat departamenti sunʼiy intellektdan foydalanishni kengaytirish uchun “Amazon”, “Anthropic”, “Google”, “IBM”, “Meta”, “Microsoft”, “Nvidia”, “OpenAI” bilan hamkorlik qilmoqda. Sun'iy intellekt bo'yicha global inklyuzivlik bo'yicha hamkorlik uchta muhim sohadagi bo'shliqni yopish uchun xizmat qiladi: komyuter, imkoniyatlar va kontekst. Bular sun'iy intellekt orqali tenglikni rivojlantirishning uchta asosidir”, - dedi Blinken.

SEE ALSO: AQSh sun'iy intellektni nazorat qilish tarafdori

“Birinchi navbatda, kompyuter quvvati masalasida biz zamonaviy sun’iy intellekt modellari, hisoblash kreditlari va boshqa ochiq manba vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiramiz”, - dedi Blinken.

“Bu past va oʻrta daromadli mamlakatlardagi ishlab chiquvchilar, tadqiqotchilar va innovatorlarga oʻzlarining sunʼiy intellekt ilovalarini takomillashtirish hamda ularni mahalliy ehtiyojlar va muammolarga yaxshiroq moslashadigan model va vositalardan foydalanish imkoniyatini beradu”, - deya qo’shimcha qildi AQSh rasmiysi.

Imkoniyatlarga kelsak, dedi Davlat kotibi Blinken, " odamlarga sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish va moslashishga imkon berish uchun ta’lim ishlarini tezlashtiramiz".

Shuningdek, AQSh hukumatlar, biznes, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va jamoalar bilan mahalliylashtirilgan, kontekstga xos maʼlumotlar toʻplamini, jumladan, mahalliy madaniyatlar va tillar uchun mos modellarni yaratish ustida ham ishlaydi.

Ushbu hamkorlikni kuchaytirish uchun Davlat departamenti va USAID sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 33 million dollar, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun 10 million dollar sarflaydi, deya e’lon qildi Blinken.

“Biz Kongress bilan xavfsiz va ishonchli sunʼiy intellektni boshqarish tizimini ishlab chiqish, inson huquqlari va rivojlanish ustuvorliklarini ilgari surish hamda sunʼiy intellektdan foydalanish va taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarimiz uchun 23 million dollar ajratamiz. Sususiy sektordagi hamkorlarimiz bilan birgalikda bu sa’y-harakatlarga sarflayotgan mablag’imiz 100 million dollardan oshadi”, - dedi Blinken.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh: Texnologiyadan unumli foydalanish kerak

Sun’iy intellekt hayotni yaxshi tomonga o'zgartirish imkoniyatini taqdim etadi. Shuning uchun AQSh undan foydalanishni kengaytirish ustida ishlamoqda.

“Biz sayyoramizning har bir qismida inson ijodini, inson zukkoligini qanchalik ko'p ochib bersak, - dedi Davlat kotibi Blinken, - hammamizning ahvolimiz shunchalik yaxshi bo'ladi”.