Accessibility links

Breaking News

Rossiya tahdidiga qarshi qanday kurashish kerak?


USAIDning Kreml tahdidiga qarshi kurash dasturi
USAIDning Kreml tahdidiga qarshi kurash dasturi

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Rossiya hukumati so’nggi yillarda transatlantik ittifoq va demokratik institutlarni zaiflashtirish uchun kurashini kuchaytirgan. Shu maqsad yo’lida qo’shni mamlakatlarni o’ziga qaram qilib olishga urinmoqda.

Ana shu tahdiddan himoyalanish maqsadida USAID tashkiloti o’tgan yili Kreml ta’siriga qarshi kurash dasturiga start berdi. Tashkilot Yevropa va Yevrosiyo mamlakatlarining iqtisodiy va demokratik barqarorligini mustahkamlash bilan Kreml tahdidini yumshatishga bel bog’lagan.

USAIDning Yevropa va Yevrosiyo bo’yicha administratori yordamchisi Brok Birmanning ta’kidlashicha, “dastur Rossiya va uning xalqiga qarshi qaratilgan emas”.

“Dastur mamlakatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashga qodir, daxlsiz va tom ma’noda mustaqil davlatga aylanishi uchun ko’maklashadi”, - deydi Birman.

Rasmiyning tushuntirishicha, dastur to’rt muhim jabhani o’z ichiga oladi:

“Birinchidan, demokratiya va o’z-o’zini boshqaruv. Demokratik tamoyillarga ega bo’lish uchun xalqlar o’z hokimiyatidagi vakillarini o’zi tanlay olishi, o’z taqdirining egasi bo’la olishi lozim. Ikkinchidan, dizinformatsiyaga chek qo’yish va mustaqil OAVni shakllantirish. Xalqning ishonchli axborot manbaiga ega bo’lishi o’ta muhim. Uchinchidan, energetik mustaqillik. Shu tariqa, davlatlar qaramlikdan xoli bo’lishi mumkin. To’rtinchidan, iqtisodiy barqarorlik. USAID mamlakatlarga iqtisodiy taraqqiyot, savdo munosabatlari va iqtisodiy strategiyasini shakllantirishga ko’maklashadi”.

Kremldan farqli o’laroq, USAID faoliyati oshkora va shaffof, deydi Birman.

Mintaqa mamlakatlarini qaram qilishga Kremldan tashqari boshqa tomonlar ham intilmoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi va uning kompaniyalari korrupsion va maxfiy yo’llar bilan davlatlarni o’z ta’sir doirasiga olishga urinmoqda, deydi rasmiy.

“Takror ta’kidlash joizki, biz mamlakatlarning daxlsizligini mustahkamlashga ko’maklashamiz xolos. Xitoy bilan shartnomalarni imzolar ekan, barcha davlatlarni ogoh bo’lishga chaqiramiz. Xitoy texnologiyalaridan foydalanishda kiber xavfsizlik va davlatning maxfiy ma’lumotlari o’g’irlanishi ehtimolini inobatga olishga undaymiz. Shuningdek, kredit shartnomalarini imzolashda ham moliyaviy qaramlikni yuzaga keltiradigan holatlarni hisobga olishni tavsiya etamiz”.

USAIDning Kreml tahdididan himoyalanish dasturi bilan quyidagi saytda batafsil tanishishingiz mumkin: https://www.usaid.gov/

XS
SM
MD
LG