Accessibility links

Breaking News

AQShda inson huquqlari qanday ahamiyatga ega?


AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Amerikaning asoschilari Mustaqillik Deklaratsiyasida “yashash, ozod bo’lish va baxt uchun intilish”ni insonning daxlsiz huquqlari sifatida qayd etgan. “Bu huquqlar har bir shaxsga tegishli bo’lib, bugungi kunda biz qo’llayotgan inson huquqlari tushunchasiga tengdir”, - deydi AQSh Davlat departamenti rasmiysi Piter Berkovits.

Yuqorida sanab o’tilgan huquqlar amerikaliklarni nafaqat vatanda himoya qiladi, balki mamlakatning tashqi siyosatidagi ma’naviy tamoyillarga asos bo’ladi, deydi Berkovits:

“Biz 1948-yilda BMTda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqqanimizda ana shu uzviy huquqlarni himoya qilish majburiyatini olganmiz. Har ikki partiyadan saylangan prezidentlar inson huquqlarini mustahkamlashga hissa qo’shgan. Zotan, davlatning tamal toshi bo’lgan tamoyillar har bir insonning qadr-qimmatiga ehtirom ko’rsatishni nazarda tutadi”.

Davlat kotibi Mayk Pompeo bir yil avval Daxlsiz huquqlar bo’yicha komissiyani tuzib, konkret vazifalarni yukladi, deydi Berkovits:

“Pompeo komissiya a’zolaridan mamlakat tashqi siyosatida, davlatchiligimizning tamal toshi bo’lgan Mustaqillik deklaratsiyasi va AQSh Konstitutsiyasida inson huquqlari himoyasiga doir sobitlikni tadqiq qilishni so’radi. Shuningdek, 1948-yilda imzolangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan AQShda inson huquqlarini ta’minlashdagi uyg’unlikni o’rganishni talab qildi”.

Berkovitsning ta’kidlashicha, inson huquqlariga doir tamoyillar AQShning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarida ham o’z aksini topadi:

“Biz bunga Xitoyda uyg’urlarning ommaviy hibsda ushlab turilishini davlat kotibi muntazam ravishda tanqid qilar ekan guvoh bo’layapmiz. 1980-yillarda Ronald Reygan SSSR hibsga olgan dissidentlar huquqini himoya qilganida ham buni his etganmiz. O’z fuqarolariga qarshi zulm qo’llayotgan Eronni AQSh prezidenti ma’muriyati qoralayotganida ham buni anglayapmiz”.

Garchi inson huquqlari AQSh tashqi siyosatini to’liq qamrab olmagan bo’lsa-da, davlat diplomatiyasining eng muhim elementi sanaladi, deya ta’kidladi Berkovits.

XS
SM
MD
LG