Accessibility links

Breaking News

AQSh Navalniyning zaharlanishi bo'yicha ochiq tergov o'tkazishga chaqirmoqda


Rossiya muxolifat lideri Aleksey Navalniy
Rossiya muxolifat lideri Aleksey Navalniy

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Berlin shifokorlarining ma’lum qilishicha, rossiyalik muxolifat lideri Aleksey Navalniy koma holatidan chiqib, og’zaki muloqotga kirisha boshlagan. Biroq shifokorlar “kuchli zaharlanishning uzoq muddatli asoratlari haqida gapirishga hali erta” ekanini ta’kidlamoqda.

20-avgust kuni Sibirdan Moskvaga uchar ekan, Navalniyning ahvoli og’irlashgan. Oilasi uni Germaniyada davolash istagini bildirgach, Rossiya shifokorlari transportatsiyaga ruxsat bergan edi. Berlin doktorlari Prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Navalniyning Rossiyada ishlab chiqarilgan “Novichok” guruhiga oid kimyoviy qurol bilan zaharlanganini aniqlagan.

Aleksey Navalniy va oila a'zolari shifoxonada. Berlin, Germaniya, 15-sentabr, 2020.
Aleksey Navalniy va oila a'zolari shifoxonada. Berlin, Germaniya, 15-sentabr, 2020.

Germaniya ekspertlari tibbiy xulosasini e’lon qilgach, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Moskvani “mazkur jinoyat yuzasidan zudlik bilan to’la qamrovli va shaffof tergovni boshlash va aybdorlarga chora ko’rish”ga chaqirdi.

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makeneni Navalniyning zaharlanishini “og’ir jazoga loyiq” deb baholadi:

“Rossiya kimyoviy qurollardan avval ham foydalangan. Vashington jahon hamjamiyati va ittifoqchi mamlakatlar bilan ushbu jinoyatga mas’ul shaxslarga chora qo’llash borasida birgalikda harakat qilmoqda. Jinoyatchilar faoliyatining moliyaviy manbalarini cheklashga doir talablar bilan chiqmoqda. Rossiya aholisi hech qanday bosimlarsiz o’z fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega. Ayniqsa, kimyoviy qurol tahdididan xavfsiramagan holda”.

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makeneni
Oq uy matbuot kotibi Keyli Makeneni

Kollektiv e’tirozlar ahamiyatini yuksak baholar ekan, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ittifoqchi mamlakatlar ushbu “dahshatli jinoyatni qoralash borasida yakdil” ekanini ma’lum qildi. Stoltenberg, shuningdek, Rossiya hukumatini Navalniyni jismonan yo’q qilishga qaratilgan mazkur jinoyat ishi bo’yicha neytral xalqaro tergovda ishtirok etrishga chaqirdi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg

Katta yettilik mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari ham yozma bayonot bilan chiqib, Rossiyani kimyoviy xurujga mas’ul shaxslarni zudlik bilan oshkora javobgarlikka tortishga chaqirdi. Shuningdek, Kimyoviy qurollar bo’yicha konvensiya shartlarini unutmaslikni eslatdi.

“Muxolifat lideri Navalniyga qarshi bunday xurujning uyushtirilishi Rossiyada demokratiya va siyosiy pluralizmga qarshi navbatdagi zarba bo’ldi. Biz Navalniyni zaharlash jinoyati bo’yicha izoh talab etayotgan xalqaro chaqiriqlarga Rossiyaning qanday javob berishini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz” deyiladi bayonotda.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Katta yettilik bayonotini qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi. “Bunday xuruj kimyoviy quroldan foydalanishni taqiqlovchi xalqaro huquq normalariga to’liq zid”, - dedi diplomat.

XS
SM
MD
LG