Accessibility links

Breaking News

AQSh bosh diplomati Yaqin Sharq kelajagi haqida nima deydi?


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning Yaqin Sharq mintaqasiga qilgan safari chog’ida ikki muhim masalaga oydinlik kiritildi. Birinchidan, Avraam bitimi asosida Isroil bilan aloqa o’rnatgan Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Sudan qatoriga qo’shilajak bir qator mamlakatlar borligi ma’lum bo’ldi. Ikkinchidan, mintaqa mamlakatlari agressiv Eron rejimi tahdidiga qarshi yakdil ekani oshkor qilindi.

Quddusda so’zlar ekan, Pompeo shunday dedi:

“Ushbu bitim ko’plab sabablarga ko’ra muhim ahamiyatga ega. Undan butun dunyo manfaat ko’radi. Kelishuv tijorat va iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay imkoniyat yaratadi. Bitimni imzolash bilan Eron Islom Respublikasi kabi g’arazli mamlakatlarning mintaqadagi ta’siri zaiflashadi. Tehron mamlakat pozitsiyasini o’zgartirmas ekan, kuchli izolyatsiyada qolaveradi”.

Abu-Dabida “Al-Arabiya” televideniyesiga intervyu berar ekan, Pompeo mintaqaning yana bir qator mamlakatlari o’zlari munosib topgan vaqtda Avraam bitimiga qo’shilishini bildirgan. AQSh bosh diplomatiga ko’ra, bunday qaror mintaqa xalqlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Barqarorlik va xavfsizlik mustahkamlanadi.

Pompeoning ta’kidlashicha, ilgari Isroil-Falastin konfliktlarining yakun topishi mintaqada tinchlik o’rnatishning yagona sharti deb bilingan.

“Afsuski, bu qarash o’zini oqlamadi. Chunki bunday yondashuv real voqelikni aks ettirmaydi. Gap shundaki, ko’rfaz mamlakatlari va Isroil uchun Eron umumiy tahdid ekani anglab yetilgan”, - dedi diplomat.

Abu-Dabida “Milliy sharh” jurnali muxbirlari bilan suhbatlashar ekan, Pompeo Isroil-Falastin nizolariga yechim topishning ahamiyatiga urg’u berdi.

Biroq masalaning boshqa tomoniga shunday izoh berdi: “Biz uzoq davom etgan besamar yillardagi kabi tomoshabin bo’lib tura olmaymiz. Isroil-Falastin munosabatlari mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun to’siqligicha qolib ketmaydi”.

“Avraam bitimi Yaqin Sharq kelajagini belgilaydigan hujjat. Bunga erishishda Amerika tashabbuslari va liderligi muhim rol o’ynadi. Qo’shma shtatlar ezgulik uchun kurashar ekan, dunyo mamlakatlari, jumladan, Yaqin Sharq ham uning atrofida jamlanadi va to’g’ri qaror qiladi. Xalqlar farovonligi yo’lida Isroil bilan hamkorlik qilish ham to’g’ri yo’l bo’ladi”, - dedi Pompeo.

XS
SM
MD
LG