Yaqinda Xitoyga tashrifi chogʻida AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken Prezident Si Zinpindan Rossiya mudofaa sanoatini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishni soʻradi. "Biz Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi boshlangandan beri Xitoy bilan aloqadamiz va ularni Rossiyaga qurol-yarog', tajovuzni kuchaytiradigan qurollar bermaslikka chaqirib keldik", dedi Blinken.
“Menimcha, Xitoy Rossiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri qurol, raketa va oʻq-dorilar yetkazib bermaganligini aytish toʻgʻri boʻladi. Eron buni qilyapti; Shimoliy Koreya buni qilmoqda”, - dedi u.
"Biroq Xitoy Rossiyaning mudofaa sanoati bazasiga bebaho yordam ko'rsatmoqda; bu esa Rossiyaga sanksiyalar, eksport nazorati va boshqa choralar orqali amalga oshirilgan bosimlarni aylanib o’tishga yordam beradi", - deya qo’shimcha qildi Blinken.
“Agar siz oʻtgan yil davomida Rossiya oʻq-dorilar, raketalar, tanklar va zirxli transport vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha nima qilganiga eʼtibor qaratsangiz, u bu qurollarni oʻzining zamonaviy tarixidagi, jumladan, “Sovuq urush” davridagidan ham tezroq ishlab chiqarganini ko’rasiz, - dedi Blinken.
“Qanday qilib buni amalga oshira oldi? Chunki u asosan Xitoydan keladigan dastgoh asboblari, mikroelektronika, optika vositalarini oladi. Mashina anjomlarining 70 foizi, mikroelektronikaning 90 foizi Xitoydan keladi. Endi bular ikki tomonlama foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar, lekin biz ularning ko‘pchiligi qayerga ketayotganini aniq bilamiz”, - deydi AQSh rasmiysi.
Blinkenga ko’ra, bu ikkita muammo tug’riadi.
“Bu Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzni davom ettirishga imkon beradi. Shuning uchun u Xitoy barchamiz kabi tugatilishini xohlayotgan urushni davom ettirmoqda. Ammo ikkinchidan, bu Rossiyaga mudofaa sanoati bazasini qayta qurish imkonini beradi. Bu esa butun Yevropa mamlakatlari Ukraina bilan bog‘liq ishlarni tugatgandan so‘ng ularga qarshi qo‘yilishidan qattiq xavotirda”, - dedi Blinken.
“Men yevropaliklar Rossiyadagi mudofaa sanoatiga ko’rsatilayotgan bu qo‘llab-quvvatlovdan chuqur tashvishlanayotganini bilaman, chunki bu yana Yevropa xavfsizligiga – nafaqat Ukraina, balki butun Yevropaga tahdid soladi”, - dedi AQSh bosh diplomati.