Accessibility links

Breaking News

AQSh: Global barqaror taraqqiyotga erishish maqsadimiz


Yaqinda boʻlib oʻtgan BMTning Barqaror rivojlanish boʻyicha yuqori darajadagi siyosiy forumida aʼzo davlatlar BMT tomonidan 2015-yilda belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish yoʻlidagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Qoʻshma Shtatlar ham o’z muvaffaqiyatlari, to’siqlar va kelajak haqidagi rejalarini baham ko’rdi.

Biz hamkorlarimizni tingladik, dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild hamda “inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va barcha a’zolar hayotini yaxshilaydigan o‘sishga erishish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarimizni taklif qildik. Bu jamiyatning, ayniqsa, ayollar va qizlarning haqiqiy iqtisodiy tengligini ochib berish kalitidir.

“Barqaror va davomiy oziq-ovqat tizimlarini qurish va butun dunyo bo'ylab oziq-ovqat xavfsizligi xavflarini yumshatish; iqlim o'zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish uchun shoshilinch choralar ko'rish; demokratiyani yangilash, inson huquqlariga hurmatni rivojlantirish va avtoritarizm hamda demokratiyada orqaga qaytish sharoitida korruptsiyaga qarshi kurashish shular jumlasidan”, - dedi AQSh elchisi.

2030-yilga qadar BRMga erishish uchun yo'lidagi eng jiddiy to'siqlardan biri moliyalashtirishning yetishmasligidir. Shu nuqtai nazardan, AQSh bu muammoni hal qilish uchun qadam tashladi.

"Qo'shma Shtatlar barcha insoniyatning ajralmas qadr-qimmatini qo'llab-quvvatlashga hamda 2030-yilgi kun tartibida hech kimni ortda qoldirmaslik va'dasiga asoslangan BRMga erishish bo'yicha hamkor mamlakatlarning sa'y-harakatlarini amalga oshirishga sodiqdir", - dedi AQShning BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashidagi vakili Liza Karti.

"So'nggi uch yil ichida biz rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror rivojlanish ustuvorliklariga erishishda yordam berish uchun 150 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdik va xususiy sektor investitsiyalariga yana milliardlab mablag'larni safarbar qildik. Biz taraqqiyotga qanday erishish mumkinligi haqida o'ylaymiz va bundan keyin ham shunday qilamiz", - dedi Elchi Tomas-Grinfild.

“Ammo haqiqat shundaki, taraqqiyot mukammallikdan yiroq va biz duch keladigan qiyinchiliklarni qismlarga bo'lib bo'lmaydi. Iqlim xavfsizligi - bu oziq-ovqat xavfsizligi. Qashshoqlik va adolatga erishish bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Kesishuvchi muammolar kesishma yechimlarni talab qiladi”, - deya qo’shimcha qildi u.

“Shunday qilib, biz dunyoning har bir burchagidan va jamiyatning barcha jabhalaridan: akademiklardan tortib fuqarolik jamiyati va xususiy sektorgacha boʻlgan turli vakillik sheriklarini birlashtirish uchun bu kabi koʻp tomonlama institutlarda oʻz kuchimiz va rolimizdan foydalanishda davom etamiz, - dedi elchi Tomas-Grinfild. - Biz nafaqat xalqaro rivojlanish, balki inklyuziv rivojlanish nuqtai nazarini ilgari suramiz; bu har bir insonning ajralmas qadr-qimmatini saqlashga sodiqligimizga asoslanadi”.

XS
SM
MD
LG