Accessibility links

Breaking News

Oq uy hokimiyatni tinch yo'l bilan keyingi ma'muriyatga topshiradi


AQSh Prezidenti Jo Bayden
AQSh Prezidenti Jo Bayden

Prezident Jo Bayden 5-noyabrda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlaridan soʻng xalqqa murojaat qildi. So’nggi saylovda Amerika xalqi 2020-yilda magʻlub boʻlgan sobiq prezident Donald Trampni lavozimiga qaytarish uchun ovoz berdi.

“200 yildan ortiq vaqt davomida Amerika o'zini o'zi boshqarish bo'yicha dunyo tarixidagi eng katta tajribani o'tkazdi. Bu mubolag’a emas, haqiqat. Bu yerda xalq ovoz beradi va o'z rahbarlarini tanlaydi va ular buni tinch yo'l bilan qiladi; demokratiyada xalqning irodasi doimo ustun turadi”, - dedi Bayden.

Prezident Baydenning aytishicha, u saylangan prezident Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alabasi bilan tabriklagan.

"Men unga tinch va tartibli hokimiyat almashinuvini ta'minlash uchun butun ma'muriyatim uning jamoasi bilan yaqindan ishlashini ta’kidladim. Amerika xalqi bunga loyiqdir”, - deya qo’shimcha qildi u.

Vitse-prezident Kamala Xarris va Tramp o’rtasida kechgan shiddatli kurash kampaniyasidan so‘ng Prezident Bayden vitse-prezident faoliyatini yuqori baholadi.

“U yengilmas iroda egasi. U ajoyib xarakterga ega. U bu ishga butun qalbi va kuchini berdi hamda u va uning butun jamoasi o’zlari olib borgan kampaniyadan faxrlanishi kerak”, - dedi AQSh prezidenti.

Bayden Vitse-prezident Xarrisga ovoz berganlarni “ishonchni saqlab qolish”ga chaqirdi. U siyosiy kampaniyalar "bir-biriga qarama-qarshi qarashlar musobaqasi" ekanligini ta'kidladi.

“Mamlakat birini yoki boshqasini tanlaydi. Biz mamlakat qilgan tanlovni qabul qilamiz. Men ko'p marta aytdimki, faqat g'alaba qozonganingizda vataningizni seva olmaysiz. Siz qo'shningizni faqat rozi bo'lganingizda seva olmaysiz. Umid qilamanki, siz kimga ovoz bergan bo'lishingizdan qat'i nazar, biz bir-birimizni raqib sifatida emas, balki vatandosh amerikaliklar sifatida ko'ramiz”, - dedi u.

"Men prezident sifatidagi vazifamni bajaraman, - deya qo’shimcha qildi Prezident Bayden. - Qasamimni bajaraman, Konstitutsiyani hurmat qilaman. 20-yanvarda biz Amerikada hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshiramiz”.

XS
SM
MD
LG