Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko'ra, terrorizmning global tahdidi tobora o’sib bormoqda va u har qachongidan ham keng tarqalgan. Uni yengish uchun yangilangan jamoaviy yondashuv talab etiladi.
"O'tgan yili dunyo 65 mamlakatda 8000 dan ortiq terrorchilik hodisalariga duch keldi va 23000 dan ortiq odamning hayoti zomin bo'ldi", - dedi AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Viktoriya Nuland.
“Dunyo bo'ylab sodir bo'lgan so'nggi hujumlar - Indoneziyadagi politsiya bo'limining portlashi, Germaniyadagi davlat to'ntarishiga urinish va bizning mamlakatimizdagi nafratli voqealar - hech bir davlat bu tahdiddan xavfsiz emasligini va uni bizning hech birimiz yolg’iz yoki mintaqaviy bloklar orqali yenga olmasligimizni eslatib turadi. Hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Biz terrorizm nazorati ostida bo'lgan va boshqarilmaydigan hududlardan tortib, yollash uchun qulay shart-sharoitlar, noqonuniy moliyalashtirish manbalari, onlayn va chegaralar orqali tarqaladigan buzuq mafkuralargacha bo’lgan muammolarni birgalikda hal qilishimiz kerak”- dedi Nuland.
SEE ALSO: AQSh NATO blokining ertasini qanday ko'rmoqda?BMT tomonidan qayd qilinishicha, irqiy yoki etnik asoslarga ega zo'ravon ekstremizm holatlari 320 foizga oshgan.
“Ksenofobiya, irqchilik, antisemitizm va mutaassiblikning barcha shakllarini o’z ichiga oluvchi nafratga asoslangan bunday mafkura internetda ommalashmoqda. Turli ijtimoiy media platformalari orqali yangi aʼzolar jalb qilinmoqda, soxta va manipulyatsiya qilingan suratlar notoʻgʻri maʼlumot va nafratni tezlik bilan tarqatmoqda”, - deya qo’shimcha qildi AQSh rasmiysi.
"Shuning uchun biz ushbu yangi tahdidlarni yaxshiroq aniqlash, pasaytirish va ularga javob berish uchun umumiy imkoniyatlarimizga asoslanishimiz juda muhim, - dedi Davlat kotibi o'rinbosari Nuland. Haqiqatan ham samarali bo'lishi uchun terrorizmga qarshi kurash butun hukumat va butun jamiyatning sa'y-harakatlarini o’z ichiga olishi kerak."
SEE ALSO: AQSh yangi tahdidlarga qarshi kurashmoqda“Biz yaxshi boshqaruvni, inson huquqlarini hurmat qilishni, ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishni rivojlantirishimiz kerak. Biz hukumatlarni va ularning o'z fuqarolariga yordam berish qobiliyatini qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Bu zo‘ravon ekstremizm siklini buzishning kalitidir. ... Shuning uchun biz butun jamiyatni qamrab oluvchi yondashuvga yo'naltirilgan joriy, mustahkam global terrorizmga qarshi kurash tizimini amalga oshirishga e'tibor qaratmoqdamiz”- deya ta’kidladi AQSh diplomati.
“Bizning barcha umumiy maqsadlarimiz keng tarqalgan terrorizm tahdidi xavfi ostida, - dedi Davlat kotibi oʻrinbosari Nuland. - Va buning aksi ham to'g'ri, agar biz ushbu maqsadlarga erisha olsak, terrorizm yashaydigan va gullab-yashnagan botqoqni quritamiz. Biz xalqaro hamjamiyatni terrorizm balosiga qarshi kurashish uchun birlashishga chaqiramiz. ... Muvaffaqiyatsizlik oqibatlari hech birimiz uchun maqbul bo'lmasligi kerak”.