Accessibility links

Breaking News

AQSh yangi tahdidlarga qarshi kurashmoqda


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo

Bugungi kunda AQSh Prezident Donald Tramp boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasi va Eron solayotgan bir qator xavflarga qarshi kurash olib bormoqda.

Har bir avlod o’ziga xos xorijiy tahdidlarga duch keladi. Prezident Ronald Reygan davrida Qo'shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Sovet Ittifoqi solgan kommunistik tahdid bilan yuzlashgan. Hozir esa Xitoy va Erondan yangi xatarlar bo’y ko’rsatmoqda.

“Bugun dunyoning erkinlik uchun birinchi raqamli tahdidi Xitoy kommunistik partiyasiga qarshi AQSh olib borayotgan siyosat asosida qudrat va oshkoralik ustunlari turadi”, - dedi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 10-noyabr kuni Ronald Reygan institutida qilgan nutqida.

“AQSh-XXR munosabatlari partiya o'ylab topgan istisnolar asosiga emas, balki global sahnada rol o'ynashga intilgan har qanday davlatdan kutiladigan oddiy va kuchli standartlar bo’yicha qurilishini ochiq-oydin ta'kidladik. Biz XXRdagi hamkasblarimizdan hisobdorlik, shaffoflik va o'zaro munosabat bo’lishini talab qilamiz", - deya qo’shimcha qildi Pompeo.

"Shuningdek, bundan buyon Janubiy Xitoy dengizida noqonuniy da'volar, Amerika bizneslarini o’z shartlari asosida ishlashga majburlash, konsulliklardan josuslar uyasi sifatida foydalanish, intellektual mulkni o'g'irlash, fundamental huquqlarni poymol qilish to’xtatilishi kerak. Shinjon, Tibet va boshqa joylarda partiyaning zulmi davom etishiga ham yo'l qo'yilmaydi", - dedi davlat kotibi.

Bundan tashqari, Qo'shma Shtatlarning maksimal bosim kampaniyasi natijasida Tehron va uning terrorchi hamkorlari o'nlab milliard dollar mablag’dan mosuvo qilindi.

Prezident Tramp rahbarligida yana ko’plab ishlar qilindi.

"Yaqin Sharqda orqadan turib boshqarish o’rnini Amerika kuchi egalladi. Biz IShID xalifaligini yo'q qildik. Biz Bag'dodiy va Sulaymoniyni o'ldirdik va jiddiy harbiy qarshilikni tikladik”, - dedi Pompeo.

Mintaqaning boshqa joylarida ham Qo'shma Shtatlar tashqi siyosatdagi ustuvor yo'nalishlarini ilgari surdi.

“Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olib, Go’lan tepaliklari Isroilning bir qismi ekanini e’lon qildik. AQSh yahudiy davlati mintaqaning kelajagi uchun markaziy o’rin tutishini ta'minlashga yordam berdi”, - deya ta’kidladi Mayk Pompeo.

Erkinlikda yashash istagi har bir insonga xosdir. Kotib Pompeo ta'kidlaganidek, "biz buni Nikolas Maduroning buzg'unchi rejimidan charchagan Venesuela aholisida ko'ryapmiz. Biz buni Nikaraguada ham ko'ryapmiz; eronliklar va belaruslarning hammasi aynan shu insoniy xislatni orzu qilayotganiga guvoh bo’lyapmiz”.

Amerika Qo'shma Shtatlari dunyoda ko'proq inson erkinligini ta'minlashi kerak; "biz davlatimiz oldiga qo’ygan maqsadga qat’iy ishonamiz, qadriyatlarimiz aniq va hayot tarzimizni himoya qilishga sodiqmiz; chunki biz Amerikaning va'dasiga chuqur ishonamiz", deya qo’shimcha qildi AQSh bosh diplomati.

XS
SM
MD
LG