Accessibility links

Breaking News

AQSh Turkiya mudofaa sanoatiga sanksiya qo'llamoqda


"S-400" mudofaa tizimi qismlari Turkiyaga olib kelinmoqda, Anqara, Turkiya, 2019-yil, 27-avgust
"S-400" mudofaa tizimi qismlari Turkiyaga olib kelinmoqda, Anqara, Turkiya, 2019-yil, 27-avgust

Qo'shma Shtatlar Turkiya hukumatining Mudofaa sanoati boshqarmasiga Rossiyaning “Rosoboroneksport” kompaniyasidan raketaga qarshi “S-400” mudofaa tizimini sotib olgani uchun sanksiyalar kiritdi. Jazo choralari ushbu kompaniyaga yangi eksport litsenziyalari berishni taqiqlaydi. Boshqarma prezidenti doktor Ismoil Demir va kompaniyaning yana uch xodimi aktivlarini muzlatish va vizalarni cheklash ham ko’zda tutilgan.

Ushbu sanksiyalar Turkiyaning yoki boshqa AQSh hamkorining harbiy salohiyatini yoki jangovar tayyorgarligini zaiflashtirishga qaratilgan emas. Maqsad Rossiyaning zararli faoliyat turlari kengayishiga to’siq qo’yish.

Qo'shma Shtatlar Turkiyaga “S-400” tizimini sotib olish AQShning harbiy texnologiyalari va shaxsiy tarkibi xavfsizligiga tahdid solishi va Rossiyaning mudofaa sektoriga katta mablag' ajratib, shuningdek, Rossiyaning Turkiya qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga kirib kelishiga imkon berishi haqida ogohlantirgan edi. Mudofaa talablariga javob beradigan NATO tizimi mavjud bo'lishiga qaramay, Turkiya “S-400”ni sotib olish va sinovdan o'tkazish qarorini o’zgartirmadi. Natijada AQSh “F-35” qiruvchi samolyotini ishlab chiqarish bo’yicha global hamkorlikdan Turkiyani chiqarib yuborishga ahd qildi.

Ushbu sanksiyalar Qo'shma Shtatlar Rossiyaning mudofaa va razvedka sohalariga oid muhim bitimlariga toqat qilmasligini bildiradi.

Davlat kotibi Mayk Pompeo yozma bayonotida Turkiyani “S-400” muammosini zudlik bilan AQSh bilan kelishgan holda hal qilishga chaqirdi. “Turkiya Qo'shma Shtatlar uchun qadrli ittifoqchi va muhim mintaqaviy xavfsizlik sherigidir va biz Turkiyaning “S-400”ga egalik qilish muammosini iloji boricha tezroq hal qilib, mudofaa sohasida samarali ishlab chiqarish bo'yicha bir necha o'n yillik tarixiy hamkorligimizni davom ettirishga intilamiz", - dedi Pompeo.

XS
SM
MD
LG