Accessibility links

Breaking News

AQSh dunyo bo'ylab inson huquqlarini himoya qilishda davom etadi


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken

Inson huquqlari amaliyoti boʻyicha mamlakatlar hisoboti Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan barcha mamlakatlarda xalqaro tan olingan inson huquqlari bo’yicha holat qanday ekanini o’rganadi. Bu hisobotlar AQSh dunyo bo'ylab qo’llab-quvvatlaydigan shaxsiy va demokratik erkinliklarni olg’a surish siyosatiga hamda bu yil 75 yilligi nishonlanadigan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillariga mosdir.

1948-yilda qabul qilingan Umumjahon deklaratsiyasi “tarixda birinchi marta hamma joyda inson huquqlarini ilgari surish orqali barcha xalqlarning tinch kelajagini ta’minlash bo‘yicha umumiy global qarashlarni belgilab berdi”, dedi AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo'yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Erin Barkli yaqinda o'tkazilgan brifingda.

“Bugun, - dedi u, - bu haqiqat adolatsizlik va zulmga yo’liqqan odamlar yuragidan joy olib, hukumatlarni inson huquqlari va asosiy so'z, din va e’tiqod erkinliklarini, tinch yig'ilishlar va uyushmalar o'tkazish huquqini hurmat qilishga dadil undamoqda".

AQSh huquq himoyachilari, shuningdek, ko'pincha qonun ostidagi teng himoyadan mahrum bo'lgan va zo'ravonlikka uchragan ozchilik guruhlar, shu jumladan, ayollar va qizlar, kamchilik irqiy, etnik va milliy jamoalarga mansub bo'lganlar, afrikaliklar, diniy ozchilik guruhlar, noan’anaviy jiniy oriyentatsiyadagi shaxslar va nogironlar bilan birgadir.

Davlat kotibi Entoni Blinken ta'kidlaganidek, Kremlning Ukrainaga qarshi davpm etayotgan shafqatsiz urushi vijdonsiz zo'ravonliklarni, jumladan, bolalarni qarshi jinoyatlarni sodir etganlarni javobgarlikka tortish zarurligini ko’rsatadi.

“Rossiya kuchlarining Ukrainada sodir etayotgan shafqatsiz va takroriy qonunbuzarliklari 2022-yilda dunyo boʻylab hukumatlar va boshqa ga’raz niyatli shaxslar tomonidan sodir etilgan yagona huquq buzilishi holatlari emas”, — dedi Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi Barkli.

AQSh: Qonun ustuvorligini himoya qilamiz
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00

Dunyo bo'ylab dezinformatsiya va noto'g'ri ma'lumotlar demokratiya va inson huquqlariga yanada ko’proq tahdid solmoqda va Inson huquqlari bo'yicha hisobot amalga oshirgan ishlardan biri faktlarni jadvalga kiritishdir. Hisobotning yillik nashri, shuningdek, Qo'shma Shtatlar yil davomida inson qadr-qimmati va erkinligini ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratganini va hamkor yoki dushman bo'lishidan qat'i nazar, barcha mamlakatlarda ushbu masalalarga bir xil qarashini yana bir bor ta'kidladi, dedi Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi Barkli.

Prezident Jo Bayden ma'muriyati inson huquqlari va demokratiyani tashqi siyosatning markaziga qo'ygan. Inson huquqlari bo'yicha hisobotlar qayerda va qanday bo'lishidan qat'i nazar, huquqbuzarliklarga e'tibor qaratishda va jinoyatchilarni javobgarlikka tortishda ajralmas rol o'ynashda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG