Accessibility links

Breaking News

AQSh diniy erkinlikni buzuvchi davlatlar ro'yxatini e'lon qildi


Namoz o'qiyotgan musulmonlar
Namoz o'qiyotgan musulmonlar

Diniy erkinlikni olg'a surish 1998-yildagi Xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonun imzolangandan beri AQSh tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib kelgan. Davlat kotibi Entoni Blinken bu yil Birma, Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, KXDR, Eritreya, Eron, Nikaragua, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmanistonni alohida xavotirga molik davlatlar sifatida qayta belgiladi. Bu mamlakatlar diniy erkinlikning o'ta og'ir buzilishi bilan shug'ullangan yoki ularga ko’z yumgan.

Bu yil Ozarbayjon maxsus kuzatuv ostidagi davlatlar ro'yxatiga qo'shildi. U diniy erkinliklarning jiddiy buzilishiga yo'l qo'ygani yoki ularga toqat qilgani uchun Jazoir, Markaziy Afrika Respublikasi, Komor orollari va Vetnamni o’z ichiga oluvchi ro’yxatga qo'shiladi.

AQSh: Dunyo bo'ylab din erkinligini himoya qilamiz
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:39 0:00

AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi nasroniy diniy obidalari saqlanib qolishi bilan bog‘liq xavotirlarni qayd etganidan keyin Ozarbayjon bu ro’yxatga kiritildi. Sentabr oyida Ozarbayjonning boʻlginchi mintaqani egallab olishi 100 000 etnik armandan iborat deyarli butun aholining Armanistonga qochib ketishiga sabab bo’ldi.

Komissiya, shuningdek, Prezident Ilhom Aliyev davrida aholisining koʻpchiligi musulmon boʻlgan mamlakatda diniy amaliyotga oid qoidalar, jumladan, diniy qonunchilikka cheklovchi oʻzgartirishlar kiritish, bir qancha diniy guruhlarni rasmiy roʻyxatga olishni rad etish, shia mazhabini taʼqib qilish kabi holatlar yuzasidan xavotir bildirdi.

Davlat kotibi Blinken, shuningdek, Al-Shabab, Boko Haram, Hayat Tahrir ash-Sham, hutiylar, IShID-Sahel, IShID-G‘arbiy Afrika, Al-Qoidaga aloqador Nasr al-Islom val-Muslimin va Tolibonni alohida tashvishli tuzilmalar sifatida belgiladi.

“Diniy erkinlikning jiddiy buzilishi ro’yxatlarga qo’shilmagan mamlakatlarda ham sodir boʻladi”, - dedi Davlat kotibi Blinken.

U bunday hukumatlarni "diniy ozchilik jamoalar a'zolariga va ularning ibodat joylariga hujumlarni, jamoat zo'ravonligi va tinch ifoda uchun uzoq muddatli qamoq va transmilliy repressiyalar qo’llashni" to'xtatishga chaqirdi. Yana uning ta’kidlashicha, "dunyoning juda ko'p joylarida sodir bo'ladigan boshqa qonunbuzarliklar qatorida diniy jamoalarga qarshi zo'ravonlikka chaqiriqlar" ham kuchaygan.

"Dunyo bo'ylab diniy erkinlik bilan bog'liq muammolar tizimli va chuqur ildiz otgan, - dedi Blinken. - Ammo nafrat, murosasizlik va ta'qibni status-kvo sifatida qabul qilishni istamaydiganlarning o'ylangan va qat'iy harakati bilan biz kun kelib barcha odamlar qadr-qimmat va tenglik bilan yashaydigan dunyoni ko'ramiz".

XS
SM
MD
LG