Maymunchechak - Markaziy va G'arbiy Afrikada tarqalgan virusli kasallik. U hayvonlar va odamlar orasida tarqalishi mumkin. Virus yaqin jismoniy aloqa orqali yuqadi.
Virusning ikkita varianti mavjud: Klada I va Klada II. Klada II varianti odatda yengil kasallikka sabab bo'ladi va infeksiyalangan odamlarning aksariyati davolanmasdan tuzalib ketadi.
Biroq Klada I varianti jiddiyroq. Uning o'lim darajasi 3-4 foizni tashkil qiladi. U kasallanganlarning 10 foizini o'ldirishi ham mumkin.
Maymunchechak II global epidemiyasi 2022-yilda boshlangan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Shu yil boshida Kongo Demokratik Respublikasida halokatli Klada I variantining yangi shakli paydo bo'ldi.
14-avgust kuni Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti maymunchechak I epidemiyasi bo’yicha Kongoda global favqulodda holat e'lon qildi. Kasallikning yangi variant bolalar va kattalar o'rtasida o'ndan ortiq mamlakatda, jumladan, Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada kuzatildi. Ularning barchasi Kongoga qo'shni davlatlar.
Maymunchechak virusi chechak bilan bir oilaga kiradi va chechakka qarshi emlashlar maymunchechak I ga qarshi samarali ekanligi aniqlangan. Bu degani, kattalar, ayniqsa chechakka qarshi emlangan 50 yoshdan oshgan odamlarda immunitet bo'lishi mumkin. Ammo bu Sahroi Kabirdagi Afrikada eng katta yosh guruhini tashkil etuvchi bolalar va yoshlarga taalluqli emas.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti maymunchechakka qarshi kurash uchun 15 million dollar kerak bo'lishini taxmin qilmoqda. AQSh bu borada yordam qo’lini cho’zishga qaror qildi. 20-avgust kuni AQSh hukumati USAID orqali maymunchechak I epidemiyasi tarqalishiga qarshi choralar ko'rish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam uchun 35 million dollar ajratishini e'lon qildi. Shu bilan AQSh hukumatining maymunchechak I epidemiyasiga ajratgan mablag’i jami 55 million dollardan oshadi.
Yordam doirasida Kongoga maymunchechak vaksinasining 50 000 dozasi, shuningdek, vaksinani saqlash va jo’natish xarajatlari uchun qo’shimcha yordam yetkaziladi.
AQSh kengayib borayotgan epidemiyaga qarshi keng qamrovli kurashni davom ettirishga sodiqligini ma’lum qilib, shuningdek, boshqa donorlarni ushbu muhim sa'y-harakatga qo'shilishga chaqiradi.