Accessibility links

Breaking News

AQSh sog'liqni saqlash diplomatiyasiga oid yangi idora ochdi


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda Davlat departamentining eng yangi idorasi - Global sog'liqni saqlash xavfsizligi va diplomatiya byurosini ishga tushirdi.

Yangi byuroning asosiy vazifasi boshqa pandemiyaning yuz berishiga yo’l qo’ymaslik uchun Amerika diplomatiyasi orqali dunyoni birlashtirishdan iborat. Agar bu ish bermasa, hech bo’lmaganda, keyingi sog'liqni saqlash falokatiga tayyor bo’lamiz, dedi Blinken.

“Biz ichki va xalqaro muvofiqlashtirishni boshqarish va davlat departamentining global sog'liqni saqlash xavfsizligini mustahkamlash bo'yicha olib borayotgan sa'y-harakatlarini tezlashtirish zarurligiga to'liq e'tibor qaratish uchun yangi byuro tashkil qilmoqdamiz. Shunda keyingi sog'liq inqirozi paydo bo'lganda dunyo zudlik bilan javob bera oladi", - dedi AQSh yetakchi diplomati.

AQSh xalqaro epidemiyalarga qarshi kurashda, xususan, 2009-yilda cho'chqa grippi pandemiyasiga, 2014-yilda tarixdagi eng yirik Ebola epidemiyasiga va 2015-yilda Zika tarqalishini sekinlashtirishga qaratilgan ishlarda dunyo bo'ylab mamlakatlar bilan hamkorlik qilib keldi. O'tgan yili AQSh dunyoni “COVID-19” pandemiyasining o‘tkir bosqichidan olib chiqishga yordam berish uchun 32 davlat hamda Yevropa Ittifoqi, Afrika Ittifoqi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, fuqarolik jamiyati va xususiy sektordan iborat global koalitsiyani safarbar qildi.

Umuman olganda, Global sog'liqni saqlash xavfsizligi va diplomatiya byurosi uchta asosiy funksiyaga ega, dedi Davlat kotibi Blinken.

“Birinchi navbatda dunyo yuqumli kasalliklarning oldini olish, aniqlash, nazorat qilish va javob berishga tayyor bo'lishi uchun global sog'liqni saqlash xavfsizligi arxitekturasini mustahkamlashda Qo'shma Shtatlar diplomatiyasiga rahbarlik qilish. Bunga Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kabi mavjud tashkilotlarni maqsadga muvofiqroq qilish uchun modernizatsiya qilish bo'yicha hamkorlar bilan ishlash kiradi. Va pandemiya fondi kabi yangi tuzilmalarni shakllantirish orqali”, - dedi Blinken.

Ikkinchi funksiya - milliy, mintaqaviy va ko'p tomonlama hamkorlar bilan birgalikda sog'liqni saqlashga joriy va kelajakdagi tahdidlarni bartaraf etish uchun muhim tibbiy qarshi choralar uchun laboratoriyalar va ta'minot zanjirlarini, jumladan, jamoat sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun AQShning xorijiy yordamidan foydalanish.

“Va uchinchisi, sogʻliqni saqlash xavfsizligini AQSh tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi sifatida diplomatik aloqalarimiz va AQSh hukumatida sogʻliqni saqlash xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishdagi rolimiz orqali oshirish”, - dedi Blinken.

Bu byuro bilan, dedi u, "biz vatandoshlarimiz va butun dunyodagi odamlar uchun xavfsizroq bo’lgan kelajakni yaratamiz".

XS
SM
MD
LG