Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati USAID orqali Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Bunday hamkorlik hayotni yaxshilaydigan, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni oshiradigan va farovonlikka yordam beradigan erkin hamda ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasini yaratish uchun zarurdir.
“USAID orqali biz mintaqa taraqqiyotiga Xitoy Xalq Respublikasi oʻzining tor manfaati uchun mavjud mintaqaviy qoidalar va meʼyorlarni qayta yozishga harakat qilayotganini anglagan holda yondashamiz, - dedi USAIDning Osiyo boʻyicha byurosi maʼmuriyati yordamchisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Maykl Ronning – Biroq bizning rivojlanish yondashuvimiz nimaga qarshi ekanligimizdan emas, balki nima tarafdori ekanligimizdan boshlanadi".
“USAID o'z hayotini o’zgartirmoqchi bo’lgan jamoalar va oilalarga rivojlanishda hamkor va do'st sifatida AQSh taklif qilishi mumkin bo'lgan narsalarni o'zida mujassam etgan. Va kengroq aytganda, u AQShning erkin va ochiq, bog'langan, farovon, xavfsiz va mustahkam Hind-Tinch okeanini rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarida yetakchi vazifasini bajaradi”, - dedi Ronning.
“Mintaqa davlatlari tez o’zgarib borayotgan bu hududda AQSh barqarorlik tayanchi bo’lishiga ishonadi. USAID esa ishonchli hamkor sifatida o’z obro‘sini mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda”, - deya qo’shimcha qildi u.
Ronningga ko’ra, avvalo, inklyuziv iqtisodiy oʻsishni oshirish uchun USAID savdo va investitsiyalarning xususiy sektordagi unumdorligi va raqamli bog’lanishni rag’batlantiradi.
“Ikkinchidan, bizning talabga asoslangan iqlim o'zgarishi bo'yicha faoliyatimiz emissiyalarni kamaytiradi, muhim ekotizimlarni himoya qiladi; resurs mojarolarini yumshatish uchun tartibga soluvchi shakllarni amalga oshiradi hamda hamkorlarimizga qayta tiklanadigan energiyaga o'tishda yordam beradi”, - dedi u.
Iyul oyi oʻrtalarida AQSh Vakillar palatasida “Hind-Tinch okeani mintaqasida kuchli mavqeda turib tinchlikka erishish” mavzusidagi tinglovda soʻzlagan Ronning USAID asosiy eʼtiborini demokratik oqsashni bartaraf etishga qaratishini va oʻz hamkorlariga demokratik institutlar va meʼyorlarni mustahkamlashda yordam berishini aytdi. USAID, shuningdek, ayollarning siyosiy, fuqarolik va iqtisodiy faolligini oshirish, gender tengsizligini bartaraf etish va gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi.
“Nihoyat, USAID pandemiya tahdidlarining oldini olish, aniqlash va ularga javob berish; hamkor davlatlar va ular iqtisodiyotlarining chidamliligini oshirish ishlarida davom etadi”, - dedi AQSh rasmiysi.
USAID maʼmuriyati rahbari Samanta Pauerdan iqtibos keltirgan holda, administrator yordamchisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ronningning ta’kidlashicha, “dunyoni oziqlantirish, demokratik davlatlarni himoya qilishga yordam berish, barcha odamlarning qadr-qimmatini himoya qilish nafaqat rahmdil, axloqli va saxovatli Amerikani aks ettirishi bilan, balki Amerika xalqining xavfsizligi va farovonligini himoya qilishi bilan ham Amerika manfaatlariga mosdir”.