Accessibility links

Breaking News

AQSh: Global sog'liqni saqlash tizimlarini kuchaytirish muhim


Jahon salomatligiga qilingan investitsiyalar har bir hududdagi insonlarning himoyasini ta’minlashi shubhasizdir. Bu endemik kasalliklardan aziyat chekayotgan mamlakatlarda hayotni saqlab qoladi, zaif sog‘liqni saqlash tizimlaridagi muammolarni yengillashtiradi. Shu bilan birga, mo‘rt davlatlarni mustahkamlab, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantiradi hamda kasalliklarning butun dunyo bo‘ylab tarqalishini erta aniqlash va oldini olish orqali cheklaydi.

So‘nggi asrda inson umrining davomiyligi sezilarli darajada oshgani tarixdagi eng ulkan yutuqlardan biridir. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer o‘tgan yili qilgan nutqida shunday degan edi:

“XX asr boshida insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 30-35 yosh atrofida edi. Bugungi kunda esa bu ko‘rsatkich 70 yoshdan oshdi.”

Pauerning so‘zlariga ko‘ra, bu yutuq “aql bovar qilmas ilmiy yangiliklardan boshlanadi.”

“So‘nggi o‘ttiz yil ichida insoniyatning eng muhim yutuqlarini dunyoning eng olis burchaklariga yetkazish bo‘yicha olib borilgan global harakat tufayli ona o‘limi 40 foizga, bolalar o‘limi esa 60 foizga kamaydi. Shu bilan birga, dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr davomiyligi 70 yoshga yaqinlashdi”, - deya qo’shimcha qildi u.

“Jahon sog‘liqni saqlash tizimlari natija beradi, va bu natijalar hayotiy muhim,” - deya ta’kidladi Samanta Pauer.

Shu sababli, USAID sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarga e’tibor qaratadi. Uning uch asosiy strategik ustuvor yo‘nalishi quyidagilardir: onalar va bolalar o‘limining oldini olish, OIV/OITS epidemiyasini nazorat qilish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish.

Noyabr oyining boshlarida USAID ushbu ustuvor yo‘nalishlarning ikkitasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini e’lon qildi. Birinchisi, Yuqumli kasalliklarni aniqlash tizimlarini mustahkamlash loyihasi bo‘lib, bu loyiha sherik davlatlarning kuchayib borayotgan yuqumli kasalliklar tahdidlariga qarshi kurashish, ularni aniqlash va oldini olish qobiliyatini oshiradi. USAID 50 dan ortiq mamlakatda global sog‘liqni saqlash xavfsizligi va pandemiyaga tayyorgarlikni ta’minlash uchun zarur tarkibiy qismlarni mustahkamlash ustida ishlamoqda.

Ikkinchisi, USAID Jahon banki tomonidan boshqariladigan Global moliyaviy mexanizmga qo‘shimcha 26,7 million dollar ajratmoqda. Ushbu mexanizm davlatlar bilan birgalikda ayollar, bolalar va o‘smirlarning sog‘lig‘ini va huquqlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, homilador ayollar, yangi onalar va chaqaloqlarning tibbiy xizmatlarga kirish imkoniyatini kengaytiradi.

AQSh: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bian hamkorlikni davom ettiramiz
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:58 0:00

Sog‘liqni saqlash tizimi kuchli kadrlar bazasiga ega bo‘lgan davlatlar yaxshiroq natijalarga erishgani, xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirgani va oldini olish mumkin bo‘lgan sabablar tufayli ona va bolalar o‘limini sezilarli darajada kamaytirgani isbotlangan. USAID sherik davlatlar bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimlarini mustahkamlash va hayot davomiyligidagi tengsizlikni kamaytirish uchun ishlashni davom ettirmoqda.

XS
SM
MD
LG