Korrupsiya - bu balo. U ishonchni yo'q qiladi, taraqqiyotga putur yetkazadi, demokratik institutlarga ishonchni yo'qotadi va iqtisodiy o'sishga to'sqinlik qiladi. Oxir-oqibat, narxlarning ko'tarilishi, davlat sektoriga kamroq resurslar sarmoya qilinishi va atrof-muhitning yomonlashishi natijasida fuqarolar azob chekadi.
Aksariyat odamlar korrupsiya haqida o'ylaganda, ular nimaningdir evaziga evaziga pora olish yoki xalq pulidan o’maradigan amaldorlarni tasavvur qiladi. Ammo "korrupsiya endi faqat avtokratlarning farovon yashash uchun o'z xalqining boyligini talon-taroj qilish bilangina bog'liq emas. Bu ularning yordamchilar ko’magi bilan o’zlari uchun manfaatli butun bir boshqaruv tizimini qurib olish bilan ham bog'liq", - deydi “USAID” rahbari Samanta Pauer.
“Gap mavhum global moliyaviy tizimdan foydalanib, ushbu shubhali yordamchilarning yangi sanoati yordamida katta va xalqaro miqyosda resurslarni talon-taroj qilish haqida. Hamda boshqa mamlakatlarning siyosatiga, global me'yorlarni qayta shakllantirish uchun ko'p tomonlama institutlarga o’z manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda ta'sir qilish uchun korrupsiyadan foydalanish haqida”, - deydi u.
SEE ALSO: AQShning korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasiKuchli qo‘shnisi yordamida saylangan korrupsion siyosatchi o‘z mansabidan foydalanib, butun iqtisodiyot tarmoqlari bo‘ylab ildiz otgan korrupsiya tizimini yaratadi va evaz sifatida o'z ittifoqdoshlariga katta afzalliklarni beradi. Hatto ularga ma'lum miqdorda nazorat qilish imkonini ham beradi.
"Xorijda siyosiy foyda olish uchun korrupsiyani tizimlashtirish, osonlashtirish, vositalashtirish - bu zamonaviy korrupsiyaning yangi qiyofasi", - deydi Pauer.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitobiga ko'ra, korrupsiya rivojlanayotgan dunyoga har yili 1,26 trillion dollarga tushadi. Bu esa har yili taqdim etiladigan barcha rasmiy yordam mablag’laridan to'qqiz baravar ko'p”, - deya qo’shimcha qiladi u.
Qo'shma Shtatlar korrupsiyaning zamonaviy ko'rinishlariga qarshi kurashish uchun o'z yondashuvini o'zgartirmoqda.
“Birinchidan, biz korrupsiya imkoniyatlarini kamaytirmoqchimiz – ham ichki, ham transmilliy. Ikkinchidan, korruptsiya sodir bo'lgan joyda biz uning oldini olish uchun to’lovni oshirmoqchimiz. Jumladan, murakkab, ko'p mamlakatli sxemalarni fosh qilishga yordam beradigan tadqiqotchi jurnalistlar va faollarning global tarmoqlarini moliyalashtirish orqali. Uchinchidan, biz yaxshi xulq-atvor va halollikni rag‘batlantirishni istaymiz, shunda obro‘li davlat xizmatchilari taqdirlanadi va xususiy sektor rahbarlari korrupsiyani kuchaytiradigan emas, balki unnga qarshi kurashni yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladi”, - deydi AQSh rasmiysi.
SEE ALSO: Jurnalistlar himoya qilinishi lozimKorrupsionerlar o'zlarining taktika va yondashuvlarini ham doimiy ravishda rivojlantirib bormoqda.
“Biz kleptokratiyani yo'q qilishning tarixiy imkoniyatlariga javob berish uchun kurash qurollari to'plamimizni yangilamoqdamiz. Biz davlat resurslari jamoat manfaati uchun xizmat qilishini ta'minlashga intilgan barcha kishilar bilan hamkorlik qilishni taklif qilamiz”, - deya xulosa qiladi Samanta Pauer.