Amerika Qo'shma Shtatlari 1991-yil dekabr oyida Qozog'iston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat bo'ldi. O'shandan beri AQSh Qozog'iston va butun mintaqa davlatlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini hurmat qilish ahdida qat'iydir. Davlat kotibi Entoni Blinken Ostonada boʻlib oʻtgan “C5 + 1” vazirlar yigʻilishida Qozogʻistonning o’z kelajagini o’zi erkin belgilash huquqini to’la qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
Blinken, shuningdek, Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayevning oʻtgan yili mart oyida eʼlon qilgan islohot dasturini yoqlashini ham bildirdi.
“Biz Qozog‘istondan o’z dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha aniq qadamlar qo‘yishini kutmoqdamiz: jamoatchilikning siyosiy jarayonlarda ishtirokini kengaytirish, hukumat mas’uliyatini oshirish, korruptsiyaga chek qo‘yish, prezidentlik muddatini cheklash va inson huquqlarini himoya qilish yo’nalishlarida. Bu islohotlar xorijiy sarmoyadorlar, jumladan, AQShlik investorlar Qozog'istonga tobora ko'proq kirib kelishining muhim sababidir. Amerika bizneslari birinchilardan boʻlib Qozogʻiston iqtisodiyotiga 1991-yildan beri 50 milliard dollardan ortiq mablagʻ kiritgan”, - dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.
SEE ALSO: Vashington Markaziy Osiyo birdamligini qo'llab-quvvatlaydiQozog‘iston Sovet davridan qolgan raketalarni demontaj qilish orqali yadro quroli tarqalishini kamaytirish bo‘yicha muhim hamkor bo‘lishda davom etmoqda. Livandan Maligacha bo’lgan hududlarda tinchlikparvar amaliyotlarga hissa qo'shish; kosmik hamkorlik orqali galaktikani o'rganish; 600 dan ortiq xorijiy terrorchi jangchilar va ularning oilalarini vataniga qaytarish va reabilitatsiya qilish ishlarida Ostona faol qatnashmoqda.
AQSh Markaziy Osiyoning iqtisodiy o'sishi va rivojlanishidan manfaatdor. 2022-yil iyun oyidan beri Vashington mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun 16,5 million dollar ajratdi. Qo'shma Shtatlar, shuningdek, mintaqaviy savdo yo'llarini kengaytirish, yangi eksport bozorlarini yo'lga qo'yish, xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek, odamlarga zamonaviy mehnat bozori uchun amaliy ko'nikmalarni taqdim etish uchun 25 million dollar ajratgan Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy barqarorlik tashabbusini ham taqdim etdi.
Kotib Blinken tashrifi chogʻida mintaqaga qoʻshimcha yordam berilishini ham eʼlon qildi:
SEE ALSO: AQSh Markaziy Osiyoda matbuot erkinligini qanday quvvatlaydi?“Men ushbu tashabbus uchun qoʻshimcha 25 million dollar ajratilishini ma’lum qilmoqchiman. Jami 50 million dollar mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishga va ayniqsa, odamlar ushbu global iqtisodiyotda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni o’rgatishga sarflanadi. Markaziy Osiyo xalqlarining imkoniyatlarini kengaytirish va ularni birlashtirish uchun biz hukumat va fuqarolik jamiyatining 1000 dan ortiq yosh mutaxassislariga ingliz tilini o’rgatishga harakat qilmoqdamiz”.
AQSh, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston umumiy iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik maqsadlarini birgalikda ilgari surishda davom etishlarini bildirgan.