Xitoy rahbari Si Zinpin so‘nggi nutqida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida “islomni sindirish”ni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Qo'shma Shtatlar Shinjonda uyg'urlar va boshqa asosan musulmon etnik ozchiliklarga nisbatan sodir bo'layotgan voqealarni boshqa nomlar bilan ataydi: insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid. Bu vahshiyliklar sirasiga majburiy mehnat, majburiy assimilyatsiya, majburiy sterilizatsiya, oilani ajratish va hisbxonalarda saqlash kiradi.
AQShning Global jinoiy adliya boʻyicha maxsus topshiriqlar elchisi Bet Van Shaak Shinjonda sodir boʻlayotgan jinoyatlar uchun javobgarlikni ta’minlash yo’lidagi muammolarni qayd etdi.
“Bu narsa biz jim o'tirishimiz yoki jim turishimiz lozimligini anglatmaydi. Birinchidan, biz bu vahshiyliklarni o'z nomi bilan atashda davom etishimiz kerak: bular insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsiddir... Dunyo ularga so‘zda ham, amalda ham qattiq turishi kerak”, - dedi u.
Elchi Van Shaak Xitoy hukumati tomonidan Shinjonda sodir etilgan jinoyatlarni hujjatlashtirish muvaffaqiyatli davom etayotganini ta’kidladi.
SEE ALSO: AQSh uyg'urlar masalasiga e'tibor qaratishni davom ettiradi“Akademiklar va mustaqil tadqiqotchilar siyosatga oid ko'rsatmalar va veb-saytlarni sinchkovlik bilan o'rganmoqda. Guvohlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari hibsxonalar va vayron qilingan musulmon qabristonlari va masjidlarining sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlarini tahlil qilmoqda. Majburiy mehnat bilan ifloslangan ta’minot zanjirlari kuzatilmoqda va tahlil qilinmoqda”, - dedi u.
Elchi Van Shaakning aytishicha, hujjatlashtirish AQShning Shinjonda sodir etilgan jinoyatlarga javob berishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 2021-yilda AQSh Kongressi Shinjonda tayyorlangan yoki ishlab chiqarilgan tovarlar majburiy mehnat bilan ishlab chiqarilgan deb atab, ularni AQShga olib kirish taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.
Bundan tashqari, 2020-yildan beri Qo'shma Shtatlar Global Magnitskiy sanksiyalari dasturi doirasida Shinjonda inson huquqlarining jiddiy buzilishi bilan bog'liq bo'lgan 12 kishiga sanksiya qo’lladi hamda XXR va Xitoy Kommunistik partiyasining bir nechta rasmiylariga viza cheklovlari joriy qildi. Ular Xitoyda inson huquqlarini qo'pol ravishda buzishga aloqador bo'lgan. Shuningdek, AQSh Savdo vazirligi Shinjondagi huquqbuzarliklarga aloqador oʻnlab xitoylik subyektlarning AQSh bozorlariga kirishini taqiqladi.
SEE ALSO: BMT Shinjondagi zulmga oid hisobotni taqdim etdi“Shuningdek, biz Shinjonda va butun Xitoy boʻylab majburiy mehnat va boshqa inson huquqlari buzilishiga aloqador boʻlgan subyektlar mavjudligini hisobga olgan holda, o’sha hududlarda taʼminot zanjirlariga ega va investitsiyalar bilan shugʻullanuvchi korxonalarni ortib borayotgan xavf haqida ogohlantirish uchun Shinjon taʼminot zanjiri biznesi boʻyicha yo’riqnoma chiqardik”, - dedi AQSh rasmiysi.
Elchi Van Shaakning ta'kidlashicha, Qo'shma Shtatlar Xitoyda va butun dunyoda sodir etilgan vahshiyliklar bilan bog'liq jismoniy va yuridik shaxslarni badal to’lashga majburlashda yetakchilik qilishni davom ettiradi.