AQSh: Bolalarni himoya qilish dunyoni himoya qilishdir

Insonparvarlik yordamining rad etilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kuzatilayotgan bolalarga qarshi oltita jiddiy qoidabuzarliklardan biridir. Bunday rad etish bolalarning yashash, ta'lim olish va erishish mumkin bo'lgan eng yuqori darajadagi sog'liq huquqini buzadi. Bolalarning hayotini saqlab qolish uchun yordam olishiga to'sqinlik qiladigan, ularning mavjudligiga tahdid soladigan har qanday tomon, xoh hukumat, xoh nodavlat ishtirokchi bo'lsin, javobgarlikka tortilishi kerak.

“Aniq aytaylik: tinchlik va xavfsizlikka har qanday tahdid bolalar uchun tahdiddir”, - dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild.

“Shunga qaramay, dunyoning turli burchagida mojaro zonalarida boʻlgan millionlab bolalar oziq-ovqat va toza suvga, taʼlim va tibbiy yordamga – hayot uchun zarur boʻlgan barcha narsalarga juda muhtoj”, - deya qo’shimcha qildi u.

SEE ALSO: Jinsiy zo'ravonlikka qarshi harakat aksiyasi

Myanmada rohinja bolalari o'ldirilgan, hibsga olingan va boshqa joyga ko'chirilgan. Rossiyaning Ukrainaga hujumi bolalarni halok qilmoqda; maktablar, shifoxonalar va uylarni vayron qilyapti. Afg‘onistonda qizlar tizimli diskriminatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda; hutiylar esa 11 million yamanlik bolalarga hayot uchun zarur yordam yetkazib berilishini to‘xtatmoqda, dedi elchi Tomas-Grinfild.

"Bolalar qo'rquvda yashaydigan joylar ro'yxati, afsuski, davom etadi", - deydi u.

“Saxel bo'ylab, shu jumladan, Burkina-Fasoda davom etayotgan zo'ravonliklar barcha maktablarning to'rtdan bir qismini yopdi va yuz minglab yosh bolalar o'tkir darajada to'yib ovqatlanmasligiga olib keldi. 7-oktyabr kuni Xamas tomonidan bolalar o'ldirilgan yoki garovga olingan Isroilda raketa otishmalari davom etmoqda. Va so'nggi bir necha oy ichida G’azoda minglab va minglab bolalar yaralangan, yetim qolgan, o'ldirilgan”, - deydi AQSh elchisi.

“AQSh YUNISEF va Jahon oziq-ovqat dasturining yetakchi donori ekanligidan faxrlanadi, - dedi elchi Tomas-Grinfild. - Ammo biz qurolli to'qnashuv zonalaridagi bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun dunyoni ko'proq berishga chaqiramiz".

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh: Dunyo bo'ylab bolalarni himoya qilishimiz kerak

“Biz bolalar va ularning oilalari uchun tibbiy, oziq-ovqat va gigienik yordamni ta’minlashimiz kerak, bu ularning ta'lim va ruhiy salomatligi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Biz bolalarning o'ynash, shunchaki, bolalar bo'lish huquqlarini ta'minlashimiz kerak; bu huquq himoya qilinsin. Biz ziddiyatli bolalarning bevosita ehtiyojlarini qondirishimiz lozim; shuningdek, ularning kelajagi uchun zarur bo'lgan resurslarni hisobga olishimiz kerak”, - deydi u.

Elchi Tomas-Grinfildning qo’shimcha qilishicha, “Biz bolalar xavfsizligini ta'minlasak, ular isinadi va ovqatlanadi.

“Biz ularga ta'lim olish, sog'liqni saqlash va o'sishi uchun zarur bo'lgan psixologik yordam imkoniyatini bersak, ularning nafaqat kelajagini himoya qilayotgan bo’lamiz, balki hammamiz uchun xavfsizroq, tinchroq dunyoni quramiz”, - deya xulosa qiladi AQSh elchisi.