Accessibility links

Breaking News

Jinsiy zo'ravonlikka qarshi harakat aksiyasi


Ayollarga nisbatan zo'ravonlik chegara va madaniyatlardan ham oshib o’tadi. U dunyoning har bir burchagida mavjud. Shu bois 25-noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni va 10-dekabrda nishonlanadigan Inson huquqlari kuni o‘rtasidagi o‘n olti kunlik vaqt davomida gender asosidagi zo‘ravonlik haqida xabardorlikni oshirish, uning oldini olish va bartaraf etishning samarali usullarini izlashga bag‘ishlanadi. Bu yilgi mavzu - BIRLASHISH! Ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishga sarmoya kiritish haqida.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'ylab har uchinchi ayol hayoti davomida jismoniy va jinsiy zo'ravonlikka duchor bo'ladi. Ammo bu juda katta raqam ham muammoning ko’lamini to’liq qamrab ololmaydi.

Masalan, “Dunyo boʻylab mojaro bilan bogʻliq jinsiy zoʻravonlik koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan va kam xabar qilinadigan jinoyatdir”, deydi USAID rahbari Samanta Pauer yozma bayonotida.

Qurolli to'qnashuvlar bo'lgan hududlarda qurolli va uyushgan guruhlar urush bilan bog'liq tartibsizlikdan foydalanib, bolalar savdosi, o'g'irlash hamda jinsiy mehnatga majburlash orqali ayollar va qizlarni nishonga olmoqda.

"Bu jinoyatlar ko'pincha ochilmaydi: mojaro bilan bog'liq ravishda qayd etilgan har bir zo'rlash holati uchun, BMT hisob-kitobiga ko'ra, 10 dan 20 tagacha ish hujjatsiz qoladi", - deydi Pauer.

So'nggi yillarda raqamli texnologiyalar muammoni kuchaytirib, jinoyatchilarga zo'ravonlikni amalga oshirish, jumladan, siyosatchilar, biznes rahbarlari, jurnalistlar, faollar kabi jamiyatdagi faol ayollarga nisbata zo'rlash va zo'ravonlik bilan tahdid qilish imkonini berdi.

“Texnologiyaga yordamida yuz beradigan gender zoʻravonlik, shuningdek, tarixan zaif jamoalar, jumladan, nogironlar, LGBTQI+ shaxslar va irqiy, etnik yoki diniy ozchiliklar uchun alohida xavf tugʻdiradi”, - dedi Pauer.

USAID orqali Qo'shma Shtatlar hukumati genderga asoslangan zo'ravonlikni kamaytirish, uning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha qator dasturlarni amalga oshirmoqda.
“Mojaroli hududlarda ayollar va qizlarni, xususan, ko‘chirilgan jamoalar orasida himoya qilish USAIDning insonparvarlik yordamida asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Mojarolarsiz sharoitlarda biz ayollar va qizlarning siyosiy, tinchlik oʻrnatish va oʻtish jarayonlarida xavfsiz va mazmunli ishtirok etishini ta’minlashga harakat qilamiz”, - deya qo’shimcha qildi AQSh rasmiysi.

Genderga asoslangan zo'ravonlik ayollarning jamoat forumlarida ishtirok etishini cheklash uchun mo'ljallangan. Bu ayollarning fuqarolik, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sa'y-harakatlarda ishtirok etishiga jiddiy to'siqlar yaratadi, dedi Pauer.

Shu sababli, "Biz ushbu 16 kunlik faollikni boshlar ekanmiz, keling, genderga asoslangan zo'ravonlikka qarshi kurashish va ayollar va qizlarning jamiyatda to'liq va xavfsiz ishtirok etishi uchun asosiy huquqlarini himoya qilish majburiyatini o’z zimmamizga olamiz", - dedi USAID rahbari.

XS
SM
MD
LG